MUAXXX.RU SUPER PORTAL
Juma, 27.04.2018, 09:48
МЕНЮ
ГЛАВНАЯ СТРАНИЦА
JINSIY SABOQ SIRLARI
MOBIL CHAT
UC BROWSER
OPERA MINI
БИБЛИОТЕКА
MOBIL VERSIYA
СТРАНИЦЫ
Qarindoshlar (Insent) [503]
Birinchi marta... [707]
Lesbilar (qiz bilan qiz) [110]
Er xotin munosabatlari [439]
Chimildiq (yoshlar uchun) [122]
Ishxonada [277]
Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh [554]
Ko'chada (hiyobonda) [183]
Jalablar bilan [225]
Zo'rlashlar [267]
Qaynuka, qaynaka vahokazo [127]
Boshqalar [1143]
Qushnilar bilan [458]
Seksga aloqador qiziqarli faktlar [242]
TuNGi_HaMRoX hikoyalari!!! [15]
Super latifalar )) seks haqida [42]
Andrologiyaga oid [9]
БИБЛИОТЕКА
Qarindoshlar (Insent) 
Birinchi marta... 
Lesbilar (qiz bilan qiz) 
Er xotin munosabatlari 
Chimildiq (yoshlar uchun) 
Ishxonada 
Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh 
Ko'chada (hiyobonda) 
Jalablar bilan 
Zo'rlashlar 
Qaynuka, qaynaka vahokazo 
Boshqalar 
Qushnilar bilan 
Saytga aloqador qiziqarli faktlar 
TuNGi_HaMRoX hikoyalari!!! 
Saytga aloqador Savol javoblar 
Super latifalar )) 
Andrologiyaga oid 
РЕКЛАМА
Статистика
waplog FireTop.su
adultop.ru Порно топ ххх сайтов EroTop.mobi

Онлайн всего: 68
Гостей: 68
Пользователей: 0
Главная » Статьи » KUTUBXONA / SEKS HIKOYALAR » Boshqalar

Raqqosa 3 (Kamolov) copy
Odam bolasi birpasdan keyin boshiga ne kunlar tushishi mumkinligini bilmaskan.
Yarim soat oldin ham Manzuraning orzulari bir dunyo edi. Bugun ham katta pul ishlab Murodni mamnun etmoqchi, o'rtada raqs tushish qanaqa bo'lishini Durdonaga ko'rsatib qo'ymoqchi edi. Baxtga qarshi orzulari sarobga aylandi.
«Men kimga nima yomonlik qilibman endi? — o'ylardi u skotch lablarini uzib-uzib olgudek achishtirsa-da, arang tishni-tishga bosib. — Birovga yomon gapirmagandim. Nahotki, Murod akaning dushmanlari bo'lsa-yu, meni o'g'irlab ketib undan katta pul undirish payida bo'lsa? Nega? To'g'ri o'ziga kelib aytishsa, asakalari ketarmidi?..»
O'ylab o'ylarining oxirigacha yeta olmadi. Mashina qaergadir yetganda to'xtadi. Old o'rindiqda o'tirgan barvasta erkak pastga tushdi-da, atrofga yaxshilab razm soldi. Keyin orqa eshikni ochdi.
— Tushlaring, podvalga olib kirlaring buni!
Barzangilar kuch bilan tortqilay-tortqilay Manzurani pastga tushirishdi.
— Qani, oyog'ingni ishga sol, — buyurdi barzangilarning biri Manzuraning bilagini mahkam siqib. — Jadalla, jonon!..
Harqalay skotchni og'zidan olib tashlashdi. Manzura ancha yengil tortdi. Shu lahzadagina hayot qanchalar shirin ekanini chuqurroq his etdi.
Ha, odamga havo yetarli bo'lmasa, yuragini vahima bosib tipirchilay boshlarkan.
Dunyo shunchalar shirin ekan.
Odamning yashagisi kelarkan…

* * *

Barzangilar Manzurani podvalga sudraklab kirishdi. Orqada kelayotganlardan biri podval eshigiga qaytadan qulf urdi.
Ichkari yorug' edi. Yerga gilam to'shalgan. Har yer, har yerda shkaf, qutiga o'xshagan narsalar turibdi.
To'rda esa gajakdor kursi turar, kursida ingichka mo'ylovli, yupqa lab, sochi olib tashlangan qirq yosh atrofidagi zaxil yuz erkak kerilgancha o'tirardi.
Hali Manzura unga yaqinlashib ulgurmay, qaerdandir o'sha… Raqibasi… Durdona paydo bo'ldi.
Manzura unga ko'zi tushdi deguncha hammasini angladi. Nega olib qochganlari, maqsadlari neligini fahmlab ulgurdi. Faqat bir narsaga tushunmadi.
Durdona ichkarida edi-ku! Qachon yetib keldi bu it oyog'i yetmas yerlarga? Uchib keldimi qanot boylab?..
Afsuski, bunday savollar bilan boshini qotirishga xohishi ham, vaqti ham yo'q. U alamdan, nafratdan, ojizaligidan, yolg'izligidan dod solib yig'lashni, faryod chekib dunyoni titratishni istardi. Shunday kunlarga qolgandan ko'ra o'lib ketishni xohlardi. Qarshisidagi odambashara shayton malaylari tezroq hayotiga nuqta qo'yishlaridan umidvor edi. Og'zini skotchlaganlaridagi holati, dunyoning juda totli tuyilgani, yashashga ishtiyoqi… Barchasi qaergadir zulmat qa'riga g'oyib bo'lgandi. Ular o'rnini yana tushkunlik egallab bo'lgandi.
— O', ja ketvorgan qiz ekan-ku-a? — dedi kursida o'tirgan erkak asta o'rnidan qo'zg'alib. — Durdon, shumidi sening biznesingni o'ldirmoqchi bo'lgan?
— Ha, xuddi shu manjalaqi, — dedi Durdona Manzuraga yaqin kelib. — O'zicha zo'r raqqosaykanmish. Murod akaniyam qo'lga olib ulguribdi bu maraz.
— Murod akang anavi… Nimaydi… Otarchilarning jo'raboshisimi?
— Ha, o'sha nusxa, — javob qildi Durdona. — O'zicha prodyuser bo'lvolgan akam ham. Osmondan keladi gaplashsangiz.
— Xo'sh, qizaloq, nega mening Durdonimni xapa qilding-a? — erkak Manzuraga yaqinlashdi-da, iyagidan ko'tardi. — Ta'zim qilib, uning rahmatini eshitish o'rniga pul talashganmishsan? Zarda qilganmishsan? Xo'sh, jondan to'ydingmi?
— Balki… — dedi sovuqqonlik bilan Manzura. — O'zlaringcha banditlik qilmoqchimisan? Mafiyamiz deb o'ylaysanlarmi? Hali shoshmay turlaring, militsiya xabar topadi hademay.
— Nima? — erkak uning iyagini qattiqroq siqdi. — Meni melisaminan qo'rqityapsanmi? Sen-a? Vey, o'n yil turmani gullatib kelgan bolaman men! Bilasanmi shuni?
— Menga nima gullatsang? Qo'yvorlaring meni yaxshilikchasiga! Aks holda pushaymon yeysanlar!
— Qo'yvoramiz, — sheriklariga qarab kuldi erkak. — Ammo Durdonni ranjitganingni «atrabo'tka» qib berasan. Bilasanmi «atrabo'tka» nimaligini?..
— Bilmayman, nimaydi?
— Ja osmonlarda yurarkansan-ku-a? Muhabbatda qandaysan? «As»misan?..
— Iflos!..
Bu haqorati, shubhasiz, erkakka yoqib tushmadi. Aftini bujmaytirib turdi-da, daf'atan Manzuraning yuziga shapaloq tushirdi. Keyin esa Durdonaga yuzlandi.
— Kursiga o'tir, — buyurdi u. — Bu oyimcha hozir poyingda tiz cho'kib, oyoqlaringni o'padi. Ana undan keyin yo'lingga ko'ndalang bo'lmaslikka so'z beradi. Shu aytganlarimizni qilmasa, o'ldirvoramiz. O'ligini it ham topa olmaydi. Kollektorga tashlaymiz-ketamiz…
Manzura aniq sezdi. Qarshisidagi sovuqqon bu erkakning muddaosini angladi. Agar qotib turaversa, bu shaytonsifatlar ne ko'ylarga solmaydi. Nimadir qilishi shart. Toki bularning oldida past ketmasin, haqoratlanmasin, masxara bo'lmasin!
«Eh, Murod aka, — o'ylardi Manzura xayolan bo'zlab. — Ne kunlarga solib qo'ydingiz-a! O'g'irlab ketishdi, xo'rlashdi, baribir o'tiribsiz qo'l qovushtirib. To'g'ri-da, oladigan pulingizni olvolgansiz. Bir yetimcha yallachining nima keragi bor endi? O'lib ketgandayam bir tukingiz qilt etmaydi…»
— Qani, tiz cho'k, — buyurdi erkak. — Opangning qarshisida tiz cho'k!
— Hayotda tiz cho'kmayman! — dedi qat'iy ohangda Manzura. — Hali manaman deganining oldidayam tiz cho'kmaganman! Buning kim bo'pti?!.
— Tiz cho'kmay qaerga borarding, — deya Manzurani bo'ynidan mahkam bosib cho'kka tushishga majburlay boshladi boshqa bir barzangi. — Qani, bo'l, aks holda jonchangni og'ritib qo'yamiz!..
Xudo suygan bandasini xo'rlatib qo'ymaydi. Albatta adolat qiladi…
Tuyqusdan kimlardir podval eshigini tepib baqira boshladi.
— Ochlaring! Yo'qsa, buzib kiramiz!..
Qo'rqmaganning joni nechta ekan.
Barzangilar militsiya xodimlari kelganini ilg'ab bo'lishgandi.
Barchalari jon talvasasida uyoqdan buyoqqa chopar, Durdona esa naridagi parda ortiga berkinib olgandi.
Tashqaridan qaraganda, bu sahna mushuk ta'qibidan qochishga urinayotgan sichqonlar to'dasining harakatlarini eslatardi.
«Bu kuningdan battar bo'llaring, — ko'nglidan o'tkazdi Manzura tipirchilagancha qo'llarini arqondan bo'shatishga urinib. — Qo'rqmay bo'psanlar!..»
— Yordam beringla-ar! — qichqirdi u yugurgancha eshik yoniga borib. — O'ldirishmoqchi meni! O'ldirib qo'yishadi!
— Manzura, qo'rqma! — tashqaridan Murodning tovushi yangradi. — Hozir qutqarishadi, qo'rqma!..
Ko'z ochib yumguncha yuzlariga qora niqob tutgan militsionerlar eshikni buzib ichkariga kirishdi.
Bir zumda barzangilar-u Durdona qo'lga olinib, qo'llariga kishan urildi.
Shundan keyingina Manzuraning xo'rligi kelib yig'lab yubordi. Murodning yelkasiga bosh qo'ygancha o'ksib-o'ksib yig'ladi.
Murod uni ovutgan ko'yi tashqariga yetakladi.
* * *

— Sen qo'rqma, — dedi Murod Manzuraning hovlisiga yetib kelishgach. — Bunaqasi endi qaytarilmaydi. Mana bu to'rt yigit seni qo'riqlab turishadi.
— Murod aka, balki mening bu o'yindan chiqqanim ma'quldir? — so'radi Manzura yer chizib. — Ko'rdingiz-ku, meni sig'dirishmayapti. Mahalladagilarni-ku, gapirmasam ham bo'ladi. Tinchgina odamlarning uyida idish-tovoq yuvib, supur-sidir qilib yurganim yaxshiga o'xshaydi.
— Bekorning beshtasini aytibsan, — koyib berdi uni Murod.
Murod. — Durdona baribir qamaladi. U ahmoqlik qilib qo'yibdi. Banditlarga qo'shilib olgan ekan. Mana, ahmoqligi uchun endi qamaladi. Sen bu xayollarni miyangdan chiqarib tashla! Shunday iste'dodni yakson qilmoqchimisan? Xo'sh, idish yuvib yurding, keyin-chi? Nima o'zgaradi? Xor bo'lib yashashni xohlayapsanmi?
— Nima qilay unda? Bugun Durdona, ertaga yana boshqasi… Men ko'tara olmayman bunday og'ir yukni.
— Xavotir olma, bugundan boshlab bizning guruhda faqat sen yurasan. Boshqa raqqosa chaqirilmaydi. Qolaversa, biz shu hafta oxirida Surxon vodiysiga jo'nab ketamiz.
— Surxon? Nega? Uyoqda nima qilamiz?
— To'y mavsumi endi boshlandi. Mavsumning fayzini Surxonda olamiz. Shuning uchun yaxshilab tayyorlan. Hovlingdan xavotir olma, maxsus odamlar qo'riqlashadi. Ammang kirmaydi bu uyga.
— Tushundim.
Murod jo'nab ketdi.
To'rt yigit esa Manzuraning hovlisini tashqaridan turib qo'riqlaydigan bo'ldi.
Murod ularga Manzurani kunduz kunlari ham yolg'iz qo'ymaslikni tayinladi.

* * *

Tong ham otdi. Ertalabdayoq Murod qo'ng'iroq qilib tayyorgarlik ko'rib turishni tayinlagandi. Kechqurun nikoh bor ekan. Manzura hali zamon Murod aytgan kun yetib kelishi, olisda uzoq vaqt yashab qolishi muqarrarligini sezib, qadrdon qishlog'i ko'chalarini aylanish, qishloq markazidagi do'konga bir mo'ralab olishni ixtiyor etgandi.
Qo'riqchi yigitlar uni yolg'iz yurishga qo'yishmadi. Ortidan soyadek ergashib katta ko'chaga chiqishdi.
Bekor qilgan ekan ko'chaga chiqib. Hatto, mahallaning narigi chetidagi uylarda yashovchi qiz-juvonlar ham do'kon ro'parasida hozir bo'lishibdi. Ular do'konga ul-bul xarid qilishga kelmagani ma'lum. Barchalari Manzurani ko'rish, uni masxaralash, iloj topishsa, haqoratlab xumordan chiqish uchungina shu yerga yig'ilishgandi. Erkaklar ham ulardan qolishmasdi. Qishloqchilik-da, ba'zilari Manzuraning ortidan ergashgan ko'yi beo'xshov qiliqlarni oshkora bir-birlariga ko'z-ko'z qilishar, xuddi shunday beo'xshov kulgi ko'tarishardi. Qishloqchilik-da, ularga tutayotgan ishlari oddiydek tuyilardi. Manzurani qo'riqlab kelayotgan yigitlargina ensalari qotib mushtlarini tugib olishardi. Ammo hech biri bu erkaklarga qarshi so'z aytmasdi.
Manzura do'konga yaqin keldi-yu, taqqa to'xtadi.
Sal naridagi bir guruh ayollar orasida Bozorgul ammasi ikki qo'lini beliga tiragancha turar, ikki ko'zi Manzurada edi. U hozir qandaydir ko'ngilsiz hodisa yuz berishini ko'ngli sezib ortga qaytmoqchi bo'ldi. Biroq endi bir qadam tashlagan ediki, Bozorgul bor ovozda qichqirdi:
— Ha, betingdan buzilgur! To'rtta xo'rozning orasiga kirvolib bizga maqtanish uchun keldingmi? Hozir ko'rsatib qo'yaman senga!
Manzura bu haqoratlarni hazm qila olmadi. Kechagi xo'rliklar, haqoratlar, xavotirlar, qo'rquvlar, alam-u anduhlar to'lib-toshib kelib naq bo'g'ziga tiqildi.
U ilkis ortga o'girildi-da, yugurib borib gezargancha turgan ammasining tomog'iga chang soldi.
Manzura shu tobda o'zini umuman idora eta olmasdi. Ammasining yulqinib, uning qo'llaridan xalos bo'lishga urinishi battar g'ashini keltirar, Bozorgulning tomog'ini tobora qattiqroq siquvga olardi. Atrofdagi ayollar, erkaklar tek qotib turishardi. Hech kim oraga tushishni, amma-jiyanlarni ayirib qo'yishni xohlamasdi. Ular tekin tomosha paydo bo'lganidan mamnun edilar.
Xayriyat, qo'riqchi yigitlar o'rtaga tushishdi. Biri Manzurani chetga olib ketdi, boshqasi Bozorgulni tinchlantirishga urina boshladi. Xotinlar esa bu manzarani ko'rgach, qaytadan g'imirlab qolishdi. Lablar beo'xshov burildi. Erkaklarning mushti tugildi.
— O'l-a, buzuqi, — jon achchig'ida sannardi Bozorgul. — Baravariga to'rtta erkakning o'rtasiga kirdingmi? Bitta erkak kam-da-a sen manjalaqiga?..
— Bu qizni toshbo'ron qip tashlash kerak, — luqma tashladi mahalla ayollaridan biri. — Hoy, erkaklar, nimaga qaqqayib turibsizlar? Anavilarni urib tashlamaysizlarmi? Yallachi yetimchani toshbo'ron qilmaysizlarmi?
— Og'zingizga qarab gapiring, — bir mahal erkaklar orasida turgan mallasoch, uzun bo'yli Botir ismli yigit qichqirgan ayol tomon yuzlandi.
U Manzuraning sinfdoshi edi. Maktabda o'qib yurgan chog'larida bir necha o'n martalab Manzuraga sevgi maktubi bitib ko'rgan. Javob ololmagach, sukut saqlashga majbur bo'lgan.
— Ko'rdingizmi buzuqlik qilganini? Yo sham ushlab turganmidingiz tepasida?
— Vay, — bo'sh kelmadi ayol ham. — Ana, ergashtirib olibdi-ku! O'ziga to'g'ri qiz to'rt erkakni orqasidan ergashtiradimi?
— Ularni Manzuraning ustozi qo'riqchi qilib qoldirgan. Anavi Bozorgul opadan himoya qilgisi kelgan. Nima bo'pti shunga?..
Shu gapni aytdi-yu, Manzura tomon bir qarab qo'ydi-da, uyi tomon jadalladi.
Manzura ham qo'riqchilar hamrohligida hovlisiga qarab yurdi. Ammo yarim yo'lga yetganda, birdan to'xtab, qo'l telefonini oldi va Murodga qo'ng'iroq qila boshladi.
— Iltimos, anavi qo'riqchilaringizni chaqirvoling, aka, — dedi Manzura yig'lamsirab. — Mahalladagi xotinlar malomat qilishyapti. Betim qolmadi! Ko'z ochirishmayapti. Meni it yemaydi. Jon aka, chaqirvoling!
— Bo'pti, — dedi Murod. — Telefonni ber, o'zim aytaman. Sen o'zingni ehtiyot qil! Bugun kechqurun tayyorlanib tur! To'y bor!

* * *

Taxminan bir daqiqa vaqt o'tdi yo o'tmadi. Qo'riqchi yigitlar Murodning ko'rsatmasiga ko'ra, Manzura bilan xayrlashishdi-yu, jo'nab ketishdi.
Manzura esa uyiga yetay deganda, ilkis ortga o'girildi. Hov narida Bozorgul ammasi shoshilmasdan o'zi tomon kelayotgan ekan.
— Kelma, yaqinlashma! — qichqirdi Manzura telbalarcha. — Qayt dedim orqangga, maraz, jodugar!
Bozorgul taqqa to'xtadi. Shu ko'yi birpas jiyaniga tikilib turdi.
— Bekor qilyapsan shu ishni, — dedi u turgan yerida. — O'zim opichlab katta qilgandim sen ko'rnamakni! Xudo ko'rib turibdi hammasini! Bir kun ajrini to'laysan!
— To'lasam, men to'layman, — yanada qattiqroq qichqirdi Manzura. — Senga nima? O'zing aybdorsan! Meni qishloqqa sharmanda qildingmi, endi o'zingdan ko'r! Yo'qol, seni ko'rishga ko'zim yo'q!..
— Hali shoshmay tur, — deya istar-istamas ortga o'girildi Bozorgul. — Hali mening sovunimga kir yuvmabsan. Shunday qilayki, onadan tug'ilganingga pushaymon bo'lgin! Qiynaliblar, to'lg'oniblar o'lgin iloyim!

* * *

Kechqurun to'ylari bor edi. Asrga yaqin Murod Xursandbek hofiz va Husan usilitelchi bilan birga yetib keldi. Manzura tayyor turgandi. Uzoq kutdirmadi. Mahzun qiyofada bo'lsa-da, orqa o'rindiqqa o'tirib barchalari bilan salomlashdi.
Qishloq ayollari, qiz-juvonlar baribir o'sha atrofda kezishdan, bir-birlariga bildirmaygina Manzurani, Murodni ko'rsatib pichir-pichir qilishdan tiyila olishmayotgandi. Manzura bularni sezdi. Nimalar deb valdirashayotganini taxminan tasavvur qildi. Shuning uchun ataylabdan qattiq-qattiq gapirib, qiziqarli hangomalar so'zlab yonidagilarni kuldirish harakatiga tushdi. O'zi ham qishloq ayollariga tik boqqancha miriqib kuldi. Murod bu holat sabablarini bilgani uchun bosh chayqay-chayqay, Husanga «ketdik» ishorasini qildi.
Mashina ortida talato'p changlar quyunini qoldirgancha yeldek uchib ketdi.

* * *

Bugungi to'yxonaga kirib kelgandan keyin Manzuraning
ko'nglidagi g'ashlik tumani tarqab, ancha yengil tortgandi. Chunki to'yda bugun Durdona bo'lmaydi. Murod boshqa raqqosa olib kelishni xohlamadi. Yana janjal chiqishidan cho'chidi.
Manzura haqiqiy erkinlikni soniya sayin chuqurroq his etib, Xursandbek hofizning nolalariga quloq berdi. Nolalarning mahzun va dardliligidan qalbi mumdek erib, vujudida titroq tuydi. Qo'shiqdagi har bir satr unga bolaligini, yaqin o'tmishini eslataverdi. Ko'z o'ngida ammasidan yetgan zahmatlar gavdalandi. Ilhomi bor bo'yini chulg'ab, tezroq o'rtaga chiqishni, eshilib-eshilib, kuyib-kuyib raqs tushishni ixtiyor eta boshladi. Raqs tushsa, barcha alamlari tarqaydigandek bo'laverdi.
Nihoyat unga navbat yetdi. O'zi sevgan qo'shiq musiqasi yangray boshlagach, odatiga ko'ra o'rtaga chiqdi-da, raqs boshlashdan burun to'rt tomoniga egilib salom qildi. Chiroyli va bejirim salomdan to'yxona larzaga keldi. Olqishlar, qarsaklar, hushtaklar-u, qichqiriqlar sadosi ostida raqs tushishni boshladi…

* * *

Baxtga qarshi bugungi to'yga tashrif buyurgan boyvachchalar insof va tavfiqdan uzoqroq chiqib qoldi.
To'y tugab, kelin-kuyov chimildiqqa kuzatib qo'yilgach, odatda otarchilarga kechki taom tortilardi.
Taom alohida xonada, to'y egasining ikki-uch vakili ishtirokida tanovul qilinardi.
Ammo bu gal vaziyat boshqacharoq kechdi. Hali asbob-uskunalarni yig'ib ulgurmay, Murodni kimdir chetga tortdi.
— Raqqosangizni boy akalar so'rashyapti, — dedi u atrofga alanglab. — Rozi qilishadi. Hofiz ikkovlari yarim soatgina xizmat qilib berishlari lozim ekan.
— Gap bo'lishi mumkinmas, — dedi Murod jilmayib. — Bajonidil xizmatda bo'lishadi. Hozir borishadi.
— Men birga olib ketishim kerak ekan. Ular qo'shninikida o'tirishibdi. Kutishyapti.
Murod ortiq bir so'z demadi. Ildam yurib borib Manzura va Xursandbek hofizni yetaklab keldi.
— Mana, biznikilar tayyor, — dedi vakilga jilmayib. — Faqat… Uzoq qolib ketishmasa bas. Balki… Men ham birga borarman.
— Shart emas, — dedi vakil. — Yo bizga ishonmayapsizmi?
— Yo'g'-e, — dedi Murod bosh qashib. — O'libmanmi sizlarga ishonmay? Shunchaki… Mayli, boraveringlar, fayzini bersin!..

* * *

Ular kirib borgan xona o'rtasiga uzun xontaxta qo'yilib, usti noz-ne'matlarga to'la edi. Xontaxta atrofida o'n chog'li shirakayf erkak o'tirar, hammalari bashang kiyingan, ba'zilarining dimog'i osmonligi ko'z qarashlaridanoq sezilardi.
— O', — deb yuborishdi ular baravariga hofiz va Manzura kirib kelganini ko'rib. — Kelishdi! Kelishdi!..
Poygakda o'tirgan o'rta yashar erkak dast o'rnidan turdi-da, Xursandbek hofizga yuzlandi.
— Hofiz, sen buyoqqa kel, — uning tirsagidan tutib burchakka yetakladi. — Mana shu yerda turib ashulangni aytasan! Mehmonlarimiz qaysi ashulani buyurishsa, o'shani aytasan. Yallaching esa…
U so'zini tugatib ulgurmadi. To'rda o'tirgan gavdali, bo'yinbog' taqqan erkak Manzurani o'tirgan yeridan qoshiga chorladi.
— Qani, qizaloq, buyoqqa kelaqol!
Bo'yin tovlashga, rad etishga hech kim haqli emas. Aks holda pulsiz qoladi va sharmandalarcha haydalishi ham hech gap emas.
Manzura asta boyvachchaning tepasiga yaqin bordi.
Erkak kissasini kovlab bir dasta besh mingtalik chiqardi va yonidagilarga kulib qo'yib Manzuraning tirsagidan tutdi-da, tizzasiga o'tqazib oldi.
Bu raqqosalik ko'chasiga kirgandan beri birinchi marta o'zini qafasdagi qushdek his etishi edi.
Hali erkak quchog'ini ko'rmagan Manzura beixtiyor titrab ketdi-yu, biroq darrov o'zini tutib boyvachchaga jilmayib boqdi. Erkak esa qo'lidagi g'ijimlangan pullarni sira tap tortmay Manzuraning koftasi ichkarisiga soldi. Keyin belidan yengil quchib hofizga yuzlandi.
— «Munojot»ni boshla! Yaxshilab ayt, hofiz! Bi-ir mazalashayli-ik!..

* * *

Manzura uyiga yetib kelganda soat tungi ikkidan oshayozgandi. Yo'l bo'yi o'zidan o'zi nafratlanib keldi. Bu nafrat hali-veri tarqaydiganga o'xshamasdi.
Hatto, xayolida begona erkak, fahsh, yuzsizlik domiga tushib ko'rmagan qiz bugun to'yda ixtiyoridan chetlashga majbur etilgandi. U og'zidan ko'pik sachratib bo'lar-bo'lmas gaplar, kulgilarga erk bergan ko'zi och erkaklarning barcha xohishlarini so'zsiz ado etdi. Ular xohlagancha raqs ijro etdi. Aynan ular so'ragan muqomlar, qochirimlarga zo'r berdi. Natijasini bo'lsa, Murodning qo'liga topshirilgan katta yelim xaltada ko'rdi. Bu pullarning hammasini o'z hayosi, ori, nomusi va vijdonidan yuz burish evaziga qo'lga kiritgandi.
«Qanchalar razilman-a, — o'ylardi u karavotida chalqancha yotgan ko'yi shiftga hissiz tikilib. — Qishloqdagilarning arz-dod qilganlaricha bor. Mendaylarni osib o'ldirsa kam. Mendaqalar shafqatga, mehrga loyiq emas. O'ldirsinlar, osib o'ldirsinlar!..
Shu xayollar changalida to'lg'ona-to'lg'ona uxlab qoldi…
Tush ko'ribdi. Tushida onasi rahmatli nuqul uni tortqilar, «Qoch! Qoch!» deb baqirgancha achchiq-achchiq yig'larmish.
— Ena, qo'yvoring meni! Qo'yvoring! — Manzura onasining qo'llarini nari surib o'zini chetga olarmish-u, kuchi yeta qolmasmish.
Sal o'tib otasi paydo bo'libdi. Onasining qilayotgan ishini ko'ribdi. Lekin yordamga shoshilmabdi. Aksincha xoxolab kulgancha uni tezlayveribdi.
— Qattiqroq bo'g', qattiqroq, — qichqiribdi xotiniga. — Bu bizni sharmanda qildi! Do'zaxi bu, do'zaxi! Tezroq olovga olib bor! Kuysin, tutablar kuysin!..
Otaning so'zlaridan shijoati ikki hissa oshib, onasi uni hov naridagi olov tomon sudraklab ketibdi.
Olov qa'rida Manzura kabi qizlar juda ko'p emish. Ular har kuyganda ayuhannos solib dodlashar, hech kim ularga e'tibor qilmasmish…
Ona Manzurani sudrab boribdi-da, olov iskanjasiga uloqtiribdi. Shu zahoti moviy alanga qizni zabtiga olibdi.
— Voy-do-od! Yordam beri-ing, yorda-am!..
Bu hayqiriq tushida emas, o'ngida jaranglagandi. Manzura jonholatda ko'zlarini ochdi. Xona qora tutunga to'lgan, bo'g'ilib-bo'g'ilib yo'talardi. Hech narsani ko'rib bo'lmasdi. Xonaning bir burchi yonib, olov tobora Manzura tomon o'rlardi.
Shu payt ustiga qopmi, yo boshqa matomi yopgan kimsa yugurib kirdi-da, Manzurani dast ko'tarib oldi va tashqariga chopdi. Manzura hech narsani idrok eta olmas, tutun borgan sari ko'proq ichiga to'la boshlar, yo'tali kuchaygandan kuchayib borardi.
Xayriyat, qisqa muddat ichida bu kimsa Manzurani katta ko'chaga olib chiqdi. Shundagina ko'rdiki, uy, ota-onasining izlari, iforlari va nafaslari qolib ketgan qadrdon hovli olov iskanjasida qolibdi…
Sal o'ziga kelgach, angladi. Uni ichkaridan olib chiqqan kimsa begona emas, sinfdoshi Botir ekan.
Xayriyatki, Manzura aytarli jarohat olmabdi. Yuziga, bilaklariga alanga sal tegib o'tibdi.
Botir shoshilinch ariqdagi suvdan kaftlarini to'ldirib oldi-da, Manzuraga ichira boshladi.
— Suvni ichishing kerak, — derdi u titrab. — Ichaqol! Yuraging sal tinchlanadi!..
Hovlida esa yovvoyi olov soniya sayin kuchliroq gurillar, molxonadan tortib, uylargacha qora tutun va qip-qizil o't iskanjasida qolgandi. Aksiga olgandek, sharqdan qibla tarafga qarab shabada esa boshladi. Olov shabada yetagida qo'shni hovliga ham o'rladi…
Bilmaydi, qancha o'tirdi, nimalar dedi-yu, kimlarga so'z qotdi…
Qishloq oyoqqa turganini
anglab turar, tili so'zga aylana qolmasdi. Uyoqdan-buyoqqa jazavaga tushib chopayotgan qishloqdoshlarga hissiz tikilgancha o'tirardi.
Bu orada o't o'chiruvchilar brigadasi ham yetib kelib olovni o'chirish harakatiga tushdi.
Manzura bo'layotgan ishlarga jonsiz nigohlar ko'magida boqardi…
Bir mahal qarshisida o'tirgan Botirga ko'zi tushdi. Shundagina nimalar bo'lganini esladi. Beixtiyor ko'zlari jiqqa yoshga to'lib, alam ichidan otilib chiqib bo'g'ziga tiqildi. O'kirib-o'kirib yig'lashga tutindi. Ammo yig'lay olmadi. Kuchi yetmadi. Qaytadan Botirga boqqancha lablari titragan ko'yi shivirladi:
— Menga nima bo'ldi?
— Uyingni kimdir yoqvoribdi, — dedi Botir sovuqqonlik bilan. — Yaxshiyam men ko'rib qoldim. Yo'qsa, kuyib kul bo'larding. Uxlayotib ham sezmadingmi issiqni?
— Bilmayman, — dedi Manzura yer chizib. — Tushimga… Otam, onam kirishibdi… Ha, ular meni olovga tashlashibdi… «Do'zaxda kuy!», deb baqirishibdi.
— Ha-a, — dedi Botir. — Demak, ota-onang seni ogohlantirishibdi-da! Ha, ular qayg'urishibdi. Bezovta bo'lishibdi. Sendan xavotir olishibdi. Marhumlar hamma narsani oldindan ko'ra olishadi!
— Siz qaerdan kep qoldingiz yarim kechasi?
— Menmi? Paxta punktda ishlayman-ku, bilmasmiding?!. Smenadan kelayotgandim. Qarasam, hovling ichkarisidan qora tutun chiqyapti. Jonim chiqib ketayozdi…
— Yaxshiyam siz borakansiz. Rahmat! Olloh rozi bo'lsin sizdan!..
Shu ko'yi ular ancha o'tirib qolishdi. O't o'chiruvchilar olovni o'chirishdi. Qishloq ahli uy-uyiga tarqala boshladi. Manzura ham ancha o'ziga kelib qolgandi.
Asta o'rnidan turib ketishga chog'landi.
— Kel, seni uyingga… Yo'q, uyingga kirma hozir. Tutun isi sasib yotibdi, kasal bo'p qolasan. Yur biznikiga, singlimning xonasida dam olaverasan!
Manzura uchun shu tobda boshqa yo'l ham yo'q edi.
Botirga itoat qilishga majbur bo'ldi.

* * *

Botirning singlisi Zulxumor o'zidan uch yosh kichik. Juda mehribon va xushmuomala qiz.
Manzura kirib kelgandanoq, boshiga ne ishlar tushganini eshitgani uchunmi, o'tidan kirib kulidan chiqa boshladi. Oldiga dasturxon yozdi, yangi qaymoq olib kelib dasturxonga qo'ydi. Manzura bu mulozamatlar sababchisi Botir ekanini juda yaxshi ilg'ab turardi. Qishloq qizlari shunaqa bo'lishadi. Akasi kimgadir ko'ngil qo'yganidan xabar topsa, tamom, shu qizni bo'lg'usi kennoyisi sifatida qabul qila boshlashadi. Bu qizga alohida mehr ko'rsatishadi, qosh-qabog'iga termulishadi. Xushomadga to'n kiydirib tashlashadi.
— Opajon, qaymoqdan tatib ko'ring, — dedi Zulxumor Manzuraga mehr bilan boqib. — Kechqurun separatordan chiqargandim. Tashvish chekmang, opa, joningiz omon qolibdi-ku!..
Ular yarim soatcha gaplashib o'tirishdi. Botirning onasi xijolatga qo'ymaslik uchun atayin kirmadi shekilli, hovlida tovushi quloqqa chalinmadi.
Manzuraning shu mahalda ovqat yeydigan siyohi yo'q edi. Yuzi, bo'ynidagi yengil jarohatlar jizillab og'riq bera boshlagach, Zulxumordan malham so'rab oldi va o'sha jarohatlarga surib chiqdi. Hiyla yengil tortgandek bo'ldi.
U ko'zlarini yumdi deguncha alanga olib yonayotgan uyi tasavvurida gavdalanar, tushida ko'rganlari xayol-u vujudini kemirib borardi. Shunday ahvolda ham o'z xayollariga o'rin topa oldi. Botirning tepasida girgitton bo'lgani, sal qursa Manzuraga qo'shilib yig'lagudek chamasi borligini yodga oldi. Uni yodga oldi-yu, o'zidan nafratlanib ketdi. To'ydagi shirakayf erkaklarga qochirimli kulgilar, harakatlar hadya etgandagi holatini ko'z oldiga keltirdi.
«Botir, nega o'zingni baxtsizlikka qarab boshlayapsan? — o'ylardi u karavotda yotgancha deraza orqali tungi osmonga boqib. — Mening kimligimni bilib turibsan-ku axir! Nima uchun o'zingni qiynayverasan? Qishloqda olaman desang jon deb turgan qancha qiz bor. Ular men kabi ko'cha ko'rib qo'ygan emas. Begona erkakka suzilishmaydi. Pul uchun tanasini garovga qo'yishmaydi. Aqlingni yig', men senga sirayam munosib emasman…»
Shunday derdi-yu, Botirning qiyofasi xayolida gavdalandi deguncha yurak-yuragi ezila boshlardi. Qalbining allaqaerida miltillagan uchqun ko'zga tashlanib, alanga olish ilinjida porillab-porillab qo'yardi. Har porillaganda, Manzuraning ko'ksi entikib-entikib ketardi. Lekin Manzura bu holatni muhabbatga yo'yishni xohlamasdi. Qo'rqardi. Go'yo muhabbatga yo'ysa-da, Botirga izn bersa, bir begunoh yigitni abadul abad baxtsiz qilib qo'yadiganga o'xshardi.
«Yo'q, Botir, men sening muhabbatingni qabul qila olmayman, — o'ylashda davom etdi Manzura. — Sen judayam beg'ubor yigitsan. Ko'rkamsan, bo'yi-basting ham hech qaysi Alpomishdan kam emas. Shunday yigitni men kabi yallachi o'ziga mahram etib saylay olmaydi. Xudoning g'azabi keladi. Chunki mendaylar shayton malaylariga o'xshashadi. Shaytongina ularni yo'lga boshlaydi, pul degan mahluqni yuz karra yorqinroq jilolantirib ko'zlarimizni kuydiradi. Biz bo'lsak, uning qo'lidagi o'sha jirkanch pullar sari talpinaveramiz. Ammo iblis hadeganda bu pullarni qo'limizga tutqaza qolmaydi. Shart qo'yadi. Bu shartlar esa nomusga, hayoga, uyat-u odamiylik, muslimalikka butkul yot harakatlardan iborat. Biz yallachilar azbaroyi nafsimiz qo'zg'alganidan barchasiga rozi bo'lamiz. Nimaiki shart bo'lsa, bajonidil ado etamiz…
Ko'rdingmi, Botir? Men o'shandaylar toifasidan bo'laman. Meni desang baloga qolasan. Umringning oxirigacha azobda, qiynoqda o'tasan. Hech bir yupanch, iltijo senga yordam bera olmaydi, xotirjam torttirmaydi. El-yurt oldida yuzing shuvut bo'ladi. O'rtoqlaring qarshisida qadding egiladi. Shuning uchun voz kech mendan. Bugungi yaxshiligingni hech qachon unutmayman. Qanday unutay? O'zim ham seni ko'rdim deguncha xuddi do'zax o'tida kuya boshlayman. Yuraklarim ezilib ketadi. Dod deb yig'lagim, dunyoni boshimga ko'tarib hayqirgim keladi. Menga sendek yigitga munosib bo'lib tug'ilmaganim juda-juda alam qiladi. Nima qilay? Orzularimdan, niyatlarimdan voz kecha olmayman. Onamning, otamning ruhiga so'z berganman. Ularning ruhini o'rtaga qo'yib qasam ichganman. Albatta mashhur raqqosa bo'lishni ko'nglimga tukkanman… Kechir… Kechir…»

* * *

Mana, nihoyat tong ham otdi. Zulxumor juda erta turgan ekan. Botirning onasi Xolnisa opa Manzura bilan ko'risharkan, bir muddat uni qo'yib yubormadi. Unsiz, yelkalari bilinar-bilinmas silkinib yig'ladi. Xayolidan nelar o'tdi, xudoning o'zi bildi. So'ngra darrov o'zini qo'lga olib Manzurani so'riga boshladi. Zulxumor tok ostidagi so'riga chiroyli qilib dasturxon tuzabdi.
— Yo'q, xola, — dedi Manzura qovoq uyib. — Uyimga bormasam bo'lmaydi. Ishoning, hozir tomog'imdan ovqat o'tmaydi. Ota-onam rahmatlilardan qolgan uy qay ahvolda ekanini o'z ko'zim bilan ko'rmasam bo'lmaydi.
— Bilasanmi, — dedi Xolnisa opa Manzurani qo'yib yuborgisi kelmay. — Botir azonda ko'chaga chiqib aniqlabdi kim uyingga o't qo'yganini.
— Nima? K-kimdir o't qo'yibdimi?
— Ie, qiziqchimisan? O'zidan o'zi yonib ketmaydi-ku hayhotday hovli. Buni ammang Bozorgul qipti. Hamma eshitib bo'lganmish. Mahalla Bozorgulni melisaga topshirvorish kerak deyapti… Yo'q, qizim, yolg'iz o'zingni qo'yvorolmayman. Ana, Botir birga boradi. O'sha yerda ko'z-quloq
bo'lib turadi. Bozorgul judayam iymonsiz xotin ekan. Tag'in o'zingniyam bir balo qilib qo'ymasin!..
Manzura qarshilik bildirmadi. Chunki Xolnisa opa haq edi. Kech tushguncha yolg'iz o'zi… Hali xudo biladi. Uyi o'tirib bo'ladigan taxlitmi yo vayron bo'lib ulgurganmi… Borsa ko'radi buni ham…
Botir u bilan birga yo'lga tushdi. To darvozaga yetguncha miq etmadi. Faqat qur-qur yer ostidan Manzuraning yuzlariga qarab oldi. Shunday sukut qo'ynida ular Manzuraning uyiga yetib kelishdi.
Ha, hovlining teng yarmi yonib ketibdi. Olov tekkan joy borki, hamon o'zidan parmi, tutunmi tarqatardi. Taralayotgan is yoqimsiz, badbo'y edi.
— Bu yerda o'tirib bo'lmaydi, — oradagi jimlikni buzib so'z qotdi Botir. — Odam zaharlanib o'lishi hech gapmas. Yur, yaxshisi biznikiga! Ko'chada o'tirmaysan-ku harqalay!
— Melisalar kep qolishi mumkin, — dedi Manzura uyining ahvolini ko'rgandan beri yig'lashdan arang tiyilib. — Kelsa, men yo'q bo'lsam, unda nima bo'ladi? Ko'chada o'tiraveraman! Siz boravering uyingizga! Rahmat! Meni o'limdan qutqarib qoldingiz. Siz bo'lmasangiz, uyqumda o'lib ketardim. Bu yaxshiligingizni hech qachon unutmayman! Xudoyim rozi bo'lsin sizdan!
Botir indamadi. Manzuraga bir qarab oldi-da, o'ychan qiyofada ko'kka boqdi.
Shu asnoda barmoqlarini asabiy qisirlata boshladi. Boshini qashib oldi. Ilkis siltandi-da, hov nariga asabiy borib keldi…
U nimanidir aytmoqchi bo'lardi, aftidan tiliga ko'chira olmasdi.
— Manzura, — nihoyat yaqin kelib bosh eggan holda so'z qotdi. — Nima desang degin-u, lekin juda toshbag'ir ekansan.
— Men-a? — Manzura kutilmagan gapni eshitgan zahoti ko'zlari chaqchayib Botirga boqdi. — N-nega? Nima yomonlik qildim sizga?
— Maktabda o'qib yurgan paytlarimiz esingdami? Necha marta senga sevishimni aytganman. Sen sira ro'yxushlik bildirmagansan. Nuqul meni kamsitavergansan. Manzura, o'sha sevgim haliyam bag'rimni o'rtaydi. Sen ko'z oldimga keldingmi, tamom, halovatim yo'qoladi. Ishon, seni hech kimga tenglashtira olmayman. Hech kimga o'xshata olmayman. Nega haliyam tushunmaysan? Nahotki, yuragingda menga nisbatan zarracha iliqlik bo'lmasa? Shunchalik yomonmanmi men?
Manzura ortiq toqat qilib tura olmasdi. Tunda o'ylaganlarini, tongda miyasiga kelgan gaplarni endi oshkor etish fursati yetganini tushundi. Shunday qilsa, Botir tinchlanadigandek, tushunadigandek, hafsalasi pir bo'lib undan soviydigandek tuyildi.
— Botir, meni boshingizga urasizmi? — dedi Manzura yig'lamsirab. — Men xudo qarg'agan yallachiman. To'ylarda ne qiliqlar qilib tashlashimni bilmaysiz-da! Pulni deb ne qadamlarni bosmaydi yallachilar. Ularning qalbida o'sha mahal sevgidan asar ham bo'lmaydi. Yallachilar faqat nafs bandalaridek yo'l tutishadi. Nafslaridan bo'lak hech narsani o'ylamaydilar. Pul turganda muhabbatni, tuyg'uni oyoqosti qip tashlaydilar. O'shalarning biriman menam. Nahotki, menga uylanib baxtli bo'laman deb o'ylasangiz? Yo'q, baxtsiz bo'lasiz. Bir umr pushmon qilib o'tasiz. Qo'ying, bu gaplarni yig'ishtiraylik. Do'st bo'lib qolaylik. Siz azobda qolsangiz, o'zimni hech qachon kechira olmayman. Keting, iltimos, keta qoling! Meni qiynamang! Dardimga dard qo'shavermang, yolvoraman!..
Manzura shunday dedi-yu, yig'lab yubordi. Yig'i to'la ko'zlarini Botir ko'rib qiynalmasligi uchun ters o'girilib oldi…
Botir esa birpas turgan yerida aylana-aylana nimadir deyishga taraddudlandi. Ammo hech narsa demadi.
Og'ir xo'rsinib oldi-da, tuyqusdan ko'chaga chopdi.

Botir bilan bo'lib o'tgan shu qisqa suhbat Manzurani ado qilayozgandi. Ancha mahalgacha o'ziga kela olmay azobda qoldi. Bir tarafdan kechagina bus-butun turgan uyining vayronaga aylanganiga kuysa, ikkinchi tarafdan Botirni o'ylab qiynalardi. Shu tobda uzoq-uzoqlarga, kishi ko'rmas yoqlarga, giyoh o'smas sahrolarga bosh olib ketgisi kelardi. Shunday qilsa, xo'rliklar ham, muhabbat azoblari ham ta'qib etmasligiga ishonardi. Lekin qalbining bir chetini yoritib turgan umid uchquni yo'l bermasdi. Qachondir niyatlari haqiqatga aylanishiga ishonardi. Shuning uchun shaytoniy o'ylarni miyasidan haydab solardi…

* * *

Nihoyat Murod aytgan kun ham yetib keldi. Ular birga-birga to'y mavsumini olish uchun Surxon vohasiga jo'naydigan bo'lishdi. Ammo bu safarga har qachongidek uch kishigina chiqishmas ekan. Murod bilan birga yana bitta mashina to'la otarchi keldi. Doyra, nog'ora, klarnet, «udarnik» chaladiganlar o'sha ikkinchi mashinadan joy olishibdi.
Manzura darrov tushundi. Demak, Surxon tomonlarda hammasi jonli bo'ladi. Sintezatordagi fonogramma dasturlariga o'rin qolmaydi. Ilgari to'ylarda doyra, nog'oralar, hatto, klarnet ovozi ham sintezatordan chiqarib qo'yilardi.
— Manzura, sen uyingdan sira xavotirlanma, — dedi Murod yo'lga chiqishgach. — Ko'plashib ta'mirdan chiqaramiz. Anavi go'rso'xta ammang esa hali qonun oldida albatta javob beradi. Bildingmi, o'shaning ishiykan?!.
— Bilaman, — ma'yus tortib javob qildi Manzura. — O'sha iflos qilgan hamma ishni. Alam qilyapti-da unga!..
— Xavotirlanma, hali shunday kunlar keladiki, ammang tizzasiga shapatilab qoladi. Sening mashhur raqqosa bo'lganingni, televizorlarda chiqishingni ko'rsa, dardini birovga ayta olmay ichidan zil ketadi. Sen hozir faqat shularni o'yla. Ortiqcha tashvishga o'rin berma. Foydasi yo'q!..

* * *

Surxonning tog'li hududiga kirib borishgach, havo birdan o'zgargani sezila boshladi. Nafas olish osonlashgandek bo'ldi. Manzuraning yuragini chirmab turgan bir tutam dard nariga chekindi. Ancha yengil tortdi.
Mashinalar oldinma-ketin to'yxonaga kirib keldi. Manzuraga begona yurtdagi har bir holat, manzara qiziq tuyulardi.
Bu yerning odamlari vodiyliklarga ummuman o'xshamas ekan. Har gapning birida «san'atkorlar» deya yoshu-qari zir yugurar, mehmonlarni o'tqazishga joy topolmasdi.
Mashshoqlar to asbob uskunalarini sozlab, usilitellarni obdon tekshirib olgunlaricha, Manzura shu yerlik qizlar hamrohligida atrofni tomosha qildi. Hov naridagi ko'm-ko'k maysalarga burkangan adir, turnaqator bo'lib o'tlash bilan ovora otlar zavqiga zavq qo'shaverdi.
Faqat Botir xayoliga keldi deguncha qaytadan ma'yus torta boshlar, bu o'ylarni qanday haydab solishni bilmay halak bo'lardi.
«Sho'rlik Botir, — derdi xayolan qandaydir noma'lum o't changalida qola boshlagan kezlarda. — Meni qutqaraman deb olov ichiga kiribdi. Hayotimni saqlab qoldi. Yigit bo'lsa, muhabbat bo'lsa, shunchalik-da! Bundanam ortiq bo'larmidi. Qaniydi ilgarigi paytim bo'lsa, uning muhabbatini sira rad etmasdim. Hozir ham ichimda jon deb turibman-u, biroq oramizdagi to'siq nari o'tishga qo'ymaydi. U sarobdan bo'lak narsa emas. To'siq shunchalar mustahkam ekanki, sattang-a davlatlar chegaralar ham uning qarshisida ojiz qolarkan. Xuddi o'sha pes to'siq meni ochilishga, qalbimdagi tuyg'ularni oshkor etishga qo'ymayapti. To'g'ri qilyapti. Botirday beozor, ko'rkam yigit bunday xo'rlikka loyiq emas. Undaylar o'ziga munosib, hayoli-iboli, to'g'ri yo'ldan yuradigan, pul deb begona erkakning tizzasiga o'tirib olavermaydigan qizlar bilangina baxtli bo'lishadi… Ha, men endi sob bo'ldim. Rasvoi olam bo'ldim.
O'zi kechirsin…»

Hash-pash deguncha vaqt shomga yaqinlashib, to'yxona bezovta qalqib qoldi.
Kelin kelishi yaqin ekanmi, to'y egalari zir yugurib hozirlik ko'rishni yanada kuchaytirib yuborishdi.
Shubhasiz, bunday lahzalarda otarchilar ham qarab turmaydi. To'ychilik odatiga ko'ra hofiz mumtoz ashulalarni boshlab turadi. Bu ish to'yxona ahlini zeriktirib qo'ymaslik, to'y to'ydek bo'lishini ta'minlash uchun qilinadi. Raqqosa esa shoshmaydi. Stollar atrofi mehmonlarga to'lishini, kayf-safo avj pallaga kirishini kutadi. Juda bo'lmaganda, basharti birov qo'qqisdan buyurtma berib qolsa, bir-ikki aylanib raqs tushib berishi mumkin. Buyurtma bo'lmasa, tek o'tiradi. Kutadi. To jo'raboshi, otarchilar ta'biri bilan aytganda, «prodyuser» ishora qilmaguncha kutaveradi…

* * *

Nihoyat kutilgan lahzalar yaqinlashib, kelin ham keldi. Hammayoqning to's-to'poloni chiqdi. Kelin-kuyov tarafdagilarning qichqiriqlari dunyoni tutgandek bo'ldi.
Murodning ishorasi bilan Xursandbek hofiz ham «To'ylar muborak»ni boshladi. Manzura esa bu taxlit shovqin-suronga hiyla moslasha boshlaganidanmi, pinagini buzmas, hamma-hammani bir boshdan kuzatishdan to'xtamasdi.
Kelin-kuyov joylarini egallab, dastlabki tabriklar aytilgach, Xursandbek o'sha ashulani, har yangraganda, Manzuraning bag'rini o'yib olay deguvchi «Munojot»ni boshladi.
Xursandbek bu ashulani o'ziga xos usulda aytardiki, odamni sel qilardi.
Manzura ashula ta'sirida xayolan yana olis-olislarga parvoz qila boshladi.
Umrining entikish, ezilishga majbur etuvchi eng og'ir lahzalari ko'z oldiga keldi.
Keyin bu og'ir yukni yelkasidan shartta olib tashladi-da, xayolot dengiziga sho'ng'idi.
Darhol onasi rahmatli hozir-u nozir bo'ldi. Katta sahnada buralib-buralib xirom aylayotgan qiziga uzo-oqdan turib mahliyo bo'ldi. Hadeganda entikib-entikib ketaverdi. Har entikkanda qo'llarini baland ko'tarib duo qilaverdi…

* * *

Manzura hamon raqsning sehrli usullariga bo'ysunib barchani maftun etishda davom qilardi. Tomoshabinlar o'rinlaridan turib ketishgan, qarsak chalishdan, olqishlashdan tiyila olishmasdi.
Shu mahal qaerdandir otajoni ham paydo bo'ldi. Negadir qovoqlarini uyib olibdi. Boshidagi do'ppisi sarg'ayib ohorini yo'qotibdi. U Manzuraning raqsini birpas kuzatgan bo'ldi-da, daf'atan tiz cho'kdi va sahnaga orqa o'girib oldi.
Manzura hayron edi. Otasining bu qilig'ini sira tushuna olmasdi. Otasi shu taxlit bir muddat o'tiribdi-yu, sira kutilmaganda ikki qo'lini baland ko'tarib bor ovozda hayqiribdi.
— Tabriklayman! Baxtli bo'lsi-in!!!
Manzura bu hayqiriq naq quloqlari ostida jaranglab seskangancha qaddini ko'tardi…
Yo'q, hayqiriq xayolida emas, to'yda jaranglabdi.
Asta o'rnidan turib o'rtaga mo'ralagandi, kutilmagan manzarani ko'rib joni chiqib ketayozdi.
Kelin-kuyovni o'sha… Hozir ham bag'rini o'rtab tashlayotgan dard sababchisi… Botir tabriklardi…

* * *

«Ie, — tinchini yo'qotib, yuragi hapriqib, ko'zlari alang-jalang Botir tarafga qarab xayolan so'zlanardi. — U qaerdan kep qoldi? Qishloqda edi-ku! Nega keldi bu yerga? Qarindoshimi to'y egalari yo? Nega bunday yo'l tutdi? Maqsadi nima?..»
Manzura ko'zlariga ishonqiramay, asta chetga chiqdi-da, Botirni odam kamroq joydan turib kuzatdi.
Ha, xuddi o'zi. Begona emas…
Botir ham Manzurani ko'rdi va sirli jilmayib qo'ydi. Tabrikni esa davom ettirdi.
Shunda Manzura angladi. Kuyov yaqin do'sti ekan. Lekin bu haqda hech narsa demagandi-ku! Surxonga kelishlarini bilardi. Nega indamadi? Ha-a, o'zicha kutilmagan sovg'a tayyorlamoqchi bo'lgan. Aniq shunday. Aytsa, Manzura qarshilik qilishidan qo'rqqan. Shuning uchun samolyotga o'tirgandir-u, ulardan ham oldinroq kelib olgandir…
«Eh, Botir, — ko'nglidan o'tkazdi Manzura asta joyiga qaytarkan. — Nimaga bunday qilding? Senga hamma gapni aytgandim, tushuntirgandim. Nimaga meni qiynayverasan? Nima qilsam, ortimdan yurishni to'xtatasan? Nima qilay? O'zimni mashinaning tagiga tashlab o'lsam qutulamanmi sening ta'qiblaringdan? Yo senam o'zingni o'ldirib yana ortimdan ergashaverasanmi?.. Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Men baribir seni o'zimdan sovutaman. Shunday qilamanki, qanday ortga chekinganingni sezmay qolasan. Kechir meni, Botir! Seni og'ir ahvolga solishni xohlamayman…»

* * *

Ana endi Manzura astoydil shaylangan edi. Shu tobda, bugun, to'y tugamasidan oldin Botirni bu yo'ldan qaytaradi.
Birpasdan keyin o'rtakash raqqosani davraga taklif qila boshladi. Ayni muddao. Erkak mehmonlar o'tirgan tarafda almoyi-aljoyi suhbatlar qizigandan qizibdi. Kayf-safo avjiga chiqibdi. Agar yaxshilab taqqoslansa, Surxon erkaklari vodiyliklarga qaraganda ikki hissa ko'proq ichkilik ichisharkan. Lekin birovning gandiraklaganini, yiqilib yotib qolganini ko'rmadi. Demak, ularga tog'ning sof havosi dalda ekan. Manzura tog' havosining qanchalar ta'sirchanligiga bugun guvoh bo'ldi…

* * *
U odatini unutmay, obdon o'tirgan mehmonlarga salom qildi. Bu salomi kelin salomidan-da ko'proq olqishlandi. Mehmonlar hushtag-u qichqiriqlar bilan Manzurani — vodiylik raqqosani qarshi olishdi.
Xursandbek o'rtadagi xush kayfiyatni yanada ko'tarish niyatidami, «Lazgi»ni boshladi.
Ana shundan keyin ichkilik ta'siriga tushgan erkaklar birdan «ochil»di. O'zaro suhbatlarga chek qo'yilib, barchalarining e'tibori Manzuraga qaratildi.
Ayollar tarafda odam kamayib qolgani Manzuraga yanada qo'l kelishi tayin edi. U atrofga ko'z tashlab Botirni qidirib topdi. U bir chetdan raqsni berilib tomosha qilardi.
Manzura diliga tuygan harakatlarni boshladi. Kelin-kuyovlarga yaqinroqda o'tirgan bir erkak qo'lida pul changallagancha raqqosani qoshiga chorlardi. Manzura pildiragancha bir zumda erkakning tepasida hozir bo'ldi. Erkak pullarni Manzuraga tutqazishga shoshilmay, bo'yniga qo'l soldi. Boshqa payt bo'lsa, Manzura bir engashib uning qo'lidan chiqib ketardi. Atayin qarshilik qilmadi. Azbaroyi kayfi chog'langan erkak pul tutgan qo'li bilan Manzuraning yarim ochiq siynalarini g'ijimladi. Bu manzaraga ko'zi tushgan qiz-juvonlar yuzlarini ters burdi. Erkaklar esa battar qichqira boshladi. Shubhasiz, talabgorlar soni ham ko'paydi. hali uyoqdan, hali buyoqdan pul changallagancha kelib erkakning harakatlarini takrorlay boshlashdi. Ba'zilari Manzuraning yuzidan o'pib qo'yishni ham unutmadi. Manzura esa bildirmaygina Botir tarafga ko'z tashladi. Uning aft-angori o'zgargan, asabiy lab tishlagancha Manzuradan ko'z uzmasdi.
Baxtiga mahalla oqsoqoli oraga tushib erkaklarni joy-joyiga o'tqazdi. Manzura esa pullarning hammasini yoniga yetib kelgan mashshoqning qo'lidagi doyra ichiga soldi-da, o'rta aylanib raqs tushishda davom etdi. Raqs tushardi-yu, xayolan so'zlanardi. Botirning ko'ngli soviganiga ishonchi komil edi.
«Endi ko'rgandirsan? — dedi u yana Botir turgan tomonga nazar tashlab. — Ketib bo'psan-ku! Xayriyat, shunday qilmasam bo'lmasdi. Sen hali o'zingga munosib, tarbiyali, iboli qizni albatta uchratasan. O'shanda menga rahmat deysan. Men bo'lsam, seni har gal o'shanday qiz bilan ko'rganda, bir qopdan semiraman. G'oyibona bo'lsa-da, duo qilaman, senga xudoyimdan baxt so'rayman.
E, meni qo'yaver. Yaratgan insof bermaguncha bugungiga o'xshab haromdan pul topaveraman. Bilaman, bu pullarning barakasi bo'lmaydi. Uyimga harom pullarning dastidan fayz ham kirmaydi. Kechir, men o'zboshimchani, ibosini yo'qotgan yallachini kechir…»
Shu kecha Manzura yarim tungacha uxlay olmadi. Ko'z yumdi deguncha Botirning qovoq uygan holati namoyon bo'lib bag'ri o'rtanaverdi. O'pkasi to'lib kelib piq-piq yig'layverdi. Oxiri yig'isini birov eshitib qolmasligi uchun boshini ko'rpaga burkab oldi.
Davomi bor
Категория: Boshqalar | Добавил: Admin (08.04.2018)
Просмотров: 963 | Теги: Raqqosa 3 (Kamolov) copy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
ПОИСК
РЕКЛАМА