MUAXXX.RU SUPER PORTAL
Dushanba, 20.08.2018, 02:12
МЕНЮ
ГЛАВНАЯ СТРАНИЦА
JINSIY SABOQ SIRLARI
MOBIL CHAT
UC BROWSER
OPERA MINI
БИБЛИОТЕКА
MOBIL VERSIYA
Скачать mp3 музыку бесплатно 2018, слушать песни онлайн - Muzmega.Net
СТРАНИЦЫ
Qarindoshlar (Insent) [530]
Birinchi marta... [716]
Lesbilar (qiz bilan qiz) [110]
Er xotin munosabatlari [442]
Chimildiq (yoshlar uchun) [122]
Ishxonada [284]
Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh [557]
Ko'chada (hiyobonda) [187]
Jalablar bilan [226]
Zo'rlashlar [269]
Qaynuka, qaynaka vahokazo [130]
Boshqalar [1155]
Qushnilar bilan [463]
Seksga aloqador qiziqarli faktlar [242]
TuNGi_HaMRoX hikoyalari!!! [15]
Super latifalar )) seks haqida [42]
Andrologiyaga oid [9]
БИБЛИОТЕКА
Qarindoshlar (Insent) 
Birinchi marta... 
Lesbilar (qiz bilan qiz) 
Er xotin munosabatlari 
Chimildiq (yoshlar uchun) 
Ishxonada 
Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh 
Ko'chada (hiyobonda) 
Jalablar bilan 
Zo'rlashlar 
Qaynuka, qaynaka vahokazo 
Boshqalar 
Qushnilar bilan 
Saytga aloqador qiziqarli faktlar 
TuNGi_HaMRoX hikoyalari!!! 
Saytga aloqador Savol javoblar 
Super latifalar )) 
Andrologiyaga oid 
РЕКЛАМА
Статистика
waplog FireTop.su
adultop.ru Порно топ ххх сайтов onstata.ru EroTop.mobi
GEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!
Онлайн всего: 83
Гостей: 83
Пользователей: 0
Главная » Статьи » KUTUBXONA / SEKS HIKOYALAR » Boshqalar

Ismi nomi yo'q lekn ajoyib hikoya
(nom qo'ymadim...)
Ko'chadan aytuvchining qichqirig'i keldi: "Xaloyiq eshitmadim dema! Bugun tushdan to kechgacha katta maydonda kurash, Qizil qirni soyida ko'pkari!!! Erta ertan minan Ashur rais buvanikida osh, yana kechga nikoh bazm! Hamma chiqsin!!!"
Qishloq ko'chasi jimligini buzib erta bilan Karim tog'a hammani to'yga aytdi, eskitdan qolgan udum shunaqa - kattayu kichik hamma to'yga shunday chaqiriladi. Hamma aytildiyu faqat bir odam eshitmadi bu taklifni, Qoraarcha tog'ni etagida toshni yorib ungan qatron daraxtlar orasida jimgin o'tirgan yigit eshitmadi. Atrofidagi suruvning o'tlashiga hissiz nigohini tikib o'tirgan Bo'ri eshitmadi! Miyasida ming o'y hayol: bir Mukarram ko'rinadi ko'ziga qo'lida ko'za qirq kokil sochiga po'pak boylab jiyak kashta ko'ylak kiygan, bir ko'ziga yoshlikdan boshini silagan Raisbuva ko'rinadi yana shaharda katta ishxonada olim ismi ham Olim ko'rinadi ko'zida qoramtir ochki moshinaga suyanib turibdi...
Tong sahar salqini ko'tarilib pastdagi Ko'ksoy daradan yengil tumanli hovur osmonga ko'tarilib ajib manzara kasb etdi.
Qo'lidagi poda tayog'ini etigi uchiga bir bir tekkizib Bo'ri ham shuni kuzatmoqqa tutindi. Ana katta bobosi ekkan balx tutlar panasidagi uylari, undan pastroqda kichkina bog' yana yurilsa so'qmoq narigi tomonda... uning uyi - Mukarning.
Huvv ana qizil tunukali Rais buvaning uyi yonida yaltiroq tunuka yopilgan g'ishtin yangi solingan uy turibdi. Unisi raisning o'g'li Olimjonniki. Ertaga Mukar shu joyga kelin bo'ladi, uyni bekasi bo'ladiyu kim biladi shaharga ketar eri bilan u ham. Hayyollarni chalg'itishga uringan Bo'ri istar istamas yana eski o'sha hayollarga o'ralashib ketdi. O'rnidan sakrab turdida suruvni tog'ning narigi tarafiga hayday boshladi, tik bo'lsayam o't o'lan u tomonda mo'l.

Piyoda sekin sekin qadam tashlab keta turib o'ziga qarab kelayotgan otliqqa ko'zi tushdi. Yol dumi qora o'zi sarg'ish ayg'ir - Rais buvani samani, egardagi shlyapasidan Raisbuvani o'zi. Nima qilsayam tuz haqqi undadi qadamini tezlatib Ashir buvani qarshiladi:
- Assalomu aleykum bobo. - qishloqda hamma Raisbuvajon desa ham Bo'ri u odamni bobo deydi - Boboning o'ziga ham shu ma'qul, har nima o'zi katta qilgan.
- Vaaleykum Assalom bolam, sahar mardonlab podani haydabsan?
- Kun ko'tarilguncha qornini to'qlasa tushda mizg'itib kechki salqinda qaytaraman.
- Ma'qul ma'qul bolam. Men seni oldingga bir so'z bilan keluvdim. - hammaga tik qarab bemalol gapiradigan odam negadir Bo'riga qaray olmadi, odamni yuzi issiq.
- Ayting bobo... - Bo'ri ham gap nimadaligini sezib labini tishladi. Uzoq ufqlarga termuldi.
- Shu desang... Ertaga to'y. Albatta o'tkin o'g'lim. Suruv bir kun pichan kovshasa hech nima qilmas.
- Men... Bobo borolmayman. Baribir bormayman. Havotirlanmang hech nima qilmayman.
- Mayli bolam, lekin senga kecha qilgan lafzim halol! Qachon desang kimga desang men o'rtada bo'laman bolam.
- Xo'p Bobo, xo'p. Men endi podaga qaray.
- O'zingni ehtiyot qil bolam. Uyga borsang otangni so'rab qo'ygin...
Ortiga o'grilib ko'ksiga qo'lini qo'yib xayrlashgan bo'ldi yigit. Sekin sekin yana qo'y qo'zini haydab hayollarga tutqin bo'ldi. Aniqrog'i xotiralarga:
"Endi nimayam deysan. Sen ham u ham o'zimni bolam. Qaysi barmog'imni tishlashni bilmayman. Nima bo'lgandayam Olim akang sendan katta, buni ustiga qilg'ilikni qilib qo'yishgan... Agar meni otamsiz bergan non tuzingizga rozi bo'ling desang jon bolam shu narsani tinchgina hal qilaylik. Men senga kafilman - kimga qachon desang to'ying o'zim o'tqazib uylab qo'yaman. Faqat shu qizdan kechgin endi." bir hafta oldin Raisbuva kelib shu gaplarni aytib ketgandi. Keyin birdan Mukarramning suhbati esiga tushdi...vidolashuvi desa ham bo'ladi: "Bo'ri, meni kechir... Nima qilganimni o'zim ham bilmay qoldim. Senga munosib emasman endi." ho'ng ho'ng yig'lab yuborgan qiz yugurgancha uyiga qochib ketdi.
Ichidan bir nima qo'zg'ab keldi, g'azab bilan poda tayoqni changalladi, tishlari g'ichirladi... Nega nega nega degan savol takror takror akssado berib yuragini kemirar, shu topda hammasiga sababchidan o'ch olgisi keldi: Olimjondan! O'sha kelmaganda hech nima bo'lmasdi, o'sha oborib kelaman demaganda hech nima bo'lmasdi, agar o'zi qo'yib yubormaganda bunday bo'lmasdi... Ha o'zi qo'yib yubormaganda. O'zidan o'tganini o'zi bildi barini ichga yutdi - jonidan to'ygan his qildi. Borib biror qoyadan sakrasa qutulishini hayol qildi. Keyin ko'z oldiga mushtifar enasiyu esini tanigandan beri yarimjon bo'lib to'shakdan arang turadigan otasi keldi. Lablariga kulgu yugurdi, qahqah otib kula boshladi sababini bilmasa ham shunday kuldiki ko'zidan yosh tirqirab oqa boshladi... Ho'ngragan bo'g'iq ovoz sekin sekin tindi. Musht tugulgan qo'llarini yerga urgan Bo'rining yelkalari ham silkinmay qo'ydi. Qancha muk tushib yotdi bilmaydi. Suruvdagi eng qari a'zo - katta taka kelib yengini kovshadi. Ko'zlarini hiyol ochib boshini burgan Bo'ri nechi yillik qadrdonini ko'rgandek suyundi. Takaning katta shoxlarini siladi, hayvon ham o'z egasiga mehribonlik ko'rsatmoqchidek yengidan tortib soya salqin kamar tarafga sudragan bo'ldi...
Soyaga keldiyu choponini bolish qilib harsangga cho'zildi. Ko'ngli bo'm bo'sh. Xotinlarga mazza ekanda - bir yig'lab ichidan borini chiqarib tashlarkan. Naqadar yengillik. Yoqimsiz xotiralarni kovlash ham hech ta'sir qilmayapti. O'shanda shahardagi doktorga Mukarram bilan oyisini Olimjon mashinasida op ketgani, keyin yana oborib kelgani... Keyin bir safar Mukarramni shaharga "kataysa"ga oborib kelgani, yo'ldagi sho'xlik. Hammasi oddiydek tuyuldi
Jimgina kamar chetidan ko'rinib turgan moviy osmonga tikilib yotdi. Mayli hali hammasi yaxshi bo'ladi, otasi onasi borku. Ming shukr shu kunlarga ham.
Ertasiga ham tog'ga chiqib shu zayl yotdi. Indiniga ham. To Olimjon kelinni olib shaharga qaytmaguncha shu zaylda tong sahar mardon podani haydab qosh qoraygach qaytib yurdi. Kimdir devona bo'lgan dedi, kimdir tushundi, kimdir mazah qildi, yana kimdir...
Bir yil o'tib Ashur Raisbuva yurtga osh berdi. Nabirali bo'libdi, o'g'il! O'g'li bilan kelini shahardan bir kelib yana ketishdi shu bahonada. Bo'ri ham otasini suyab opichlab oshga olib chiqdi. Unda bunda ko'cha ko'radigan odam uchun bu haqiqiy baxt. Bolasining zabardast qo'llari, pakanaroq Lekin baquvvat tanasi keng yelkalari o'zining yoshligini eslatdi Tilov akaga. Heey yigitlikda u ham shunday edi to suruvni seldan qutqaraman deb tog'dan haydab tushayotganda tosh bosib qolmaguncha. deyarli yigirma yil bo'pti yarim tanasi majolsiz, lekin odamga tana sihati emas ko'ngildagi umid kuch berarkan - farzandi kamoli umr qo'sharkan. Ana ketadi mana ketadi tayyorgarlik ko'raveringlar deb shahardagi katta doktorlar qaytarmoqchi bo'ganda Ashur Raisbuva nima qilib bo'lsayam op qolinglar uyida bir norasidasi sag'ir qomasin deb yolvorgandi, borini to'kib sochib bir amallab hayotda olib qogandi. Umridan baraka topsin o'g'li poda tayoq ko'taradigan bo'lguncha qarashib ro'zg'orni butlab berib turgan ham shu Raisbuva. Mana farzandi qilich bo'pti, haqiqiy yigit bo'pti - behol
behol qo'llari bilan yelkalarini siladi, ishqilib baxti ham butun bo'lsin bir nevaramni bag'rimga osam keyin armonim qolmasdi ichida duo qildi.
Oshda Tilov aka mazza qildi, eski qadrdonlarni ko'rdi. Ichi keng odamda birovga ta'na qilmadi - meni bir yo'qlamaysan yilda bir deya.
Oradan yana bir yil o'tdi... Qishloqda jimjitlik. Bo'ri deyarli har kun xotirasida tiklaydigan voqealar endi xira tumanga burkandi. Hammasi o'zgardi, ular tushda bo'lgan. Vaqt esa to'xtamaydi! Lekin... lekin tinch qo'yishga uringanlari uni o'z holiga qo'yishmasa ne qilsin?
Podadan ko'pkari uchun boqayotgan toyini yetaklab qaytayapti Bo'ri. Aniqrog'i toy bo'ri orqasidan ergashib kelyapti. Aqlli jonivorda egasiga bo'ysunadi. So'qmoq yo'l bilan tog'dan enib katta tosh yo'lga tushdi. Yonidan bir yelgil moshina o'tib ketdi. Rusumini angladi - Volga ekan. Notanish tuyuldi, balki mehmon bo'lib kelgandir. Hurkib to'xtab qolgan "Yashin"ni qo'li bilan imlab o'ziga chaqirdi. Toy bir bir qadam bosib unga yana ergashdi. Oldinga o'grilib ko'rdiki mashina yigirma o'ttiz metr o'tib to'xtabdi. Haydovchu eshigidan tanish qoramtir ko'zoynakli kishi tushib turibdi. Olimjon kelibdida deb qo'ydi Bo'ri.
- Bu deyman, tog'u toshdan beri kelmaydi deyishardi. Rostdan hayvonlar bilan tillashadigan ekansanda. - ko'zoynagi ortidan g'alati mazahlovchi qarash bilan so'zladi Olimjon.
- Xush kepsiz. Rais buvaga salomimni yetkazing. Omon bo'linglar. - umuman gaplarga parvo qilmagandek mashinani aylanib o'tib ketdi Bo'ri.
- Shoshyapsanmi? Essiz yoningda hamrohing bo'lmaganda mana mashinada tashlab qo'yardim. Yangi oldim. Qalay zo'rmi? - endigi gaplar ham Bo'riga ta'sir qilmadi.
- Buyursin... Yaxshi kunlarda mining. - ortiga qaramay yura ketdi.
- Sen Mukarga shunaqa hayot berolarmiding? - Olimjonning bu gapi unut qilmoq uchun o'talgan xotiralarni yana pardadan xalos qildi. Ha Olim nishonga urdi, nechi vaqtdan beri ichida qolgan alamlarni mana o'z egasiga topshiryapti. - Shaharda katta uyim bor. Ishim zo'r. Yaqinda nomzodlik yoqlayman. Senda nima bor? Nima bilan unga erisha olarding?
Bo'ri taqa taq to'xtadi. Qo'li musht bo'ldi. Qo'njidagi Karki sop xanjari joyida, balki shart sug'urib... "Yashin" tumshug'i bilan sekingina Bo'rini turtdi. Ketdik qarama bo'ldi demoqchi bo'ldi. Orqadan zavd bilan kuzatib turgan Olimjon ko'nglida yayrab ketdi. Ha mana "haqiqat" qaror toptirdi. Yengdi Bo'rini! O'shanda sevgisini rad qilib Bo'rining qo'lini tutmoqchi bo'lgan Mukarram baribir uniki bo'ldi, bolasiga ona ham bo'ldi. Bor mehrini unga beryapti - bu esa tog' toshlarda kezib yuribdi. Baland dorga osilish shunaqa bo'ladi. Kerilgancha rulga o'tirib mashinani joyidan qo'zg'atdi. Yana Bo'rining oldidan o'ta turib gap otdi:
- Otam kechqurunga seni chaqirgan. Shunga oldingga chiqqan edim. O'tgin albatta...
"Baribir borolmaysan deb aytyapsanda?! Boraman! Ko'ramiz nima bo'larkin" Bo'ri ham kechki rejani tuzib bordi yo'l yo'lakay. Rais buvaning keng hovlisidagi so'rida yaxshigina joy qilingan. Uch to'rt chog'li mehmon bilan Ashur bobo suhbat qurib o'tiribdi. Eshikdan kirib kelgan Bo'rini ko'rib ko'ngli yorishdi. Aytib kelishga Olimjonni yuborganda bira yo'la yarashib eski ginalarni unutib qaytsin degandi. Mana niyati amal bo'pti... Yeb ichishdi, yana suhbat qurishdi. Poygakda o'tirgan Bo'ri esa Olimjonga tirjayib qarab qo'yardi. Kech bo'lib hamma tarqaldi. Ertasiga Bo'rining navbati bo'lmagani uchun suruvga bormadi. Uy ishlarini qildi. Bog'da ishlab turgan edi. Bir mahal endigina yurishni o'rgangan shekilli kichkinagina bola pildiragancha unga qarab kela boshladi. Beg'ubor ko'zlari kimgadir o'xshaydi... Ichidan entikib ketgan Bo'ri ishini tashlab yugurib borib bolani ko'tarib oldi. Ifori ham tanish. Sezdi. bu ularning bolasi.
- Salim, Salimjon. Qayerdasan?
Tanish ovoz bolani qidirib yaqin kela boshladi. Ayollik latofati yanada yarashgan Mukarram bolani qo'liga oldi. Kulib jilmaygancha Bo'riga qarab qo'ydi.
- Salom. Yaxshimisan? - go'yo hech narsa bo'lmagandek so'z boshladi.
- Salom. Yaxshi. O'zingchi? - yigit ichidagini bildirmay sokingina qilib javob qaytardi.
- Yaxshi... Sendan bir narsa so'ramoqchi edim?
- Nimani?
- Bizni kechirdingmi? Bo'ri ayt. Kechirdingga?
- Baxtli yashayapsan ekansan. Meni nima aloqam bor endi sizlarga?
- Sen ham hali baxtli bo'lasan...
- Ha ha bo'laman. Rahmat niyating uchun...
- Demak kechirmagansan. Bo'ri, o'shanda hammasi havas bo'lgan havas. Shunchaki havas... Unutib ham yubordim men.
Bemalolgina aytilgan bu so'zlar Bo'riga kecha toshyo'lda Olimjon aytganidan kam ta'sir qilmadi. Kelishib olishganmi bular, kecha unisi bugun bunisi...
- To'g'ri g'o'r bo'lganmiz. - Bo'ri ham tan oldi. - Aytadiganingni aytding shekilli?
- Ket demoqchimisan? Ketaman xo'p. - huddi eriga o'xshab labini ozgina burib qo'ydi Mukar.
"O'zgaribdi u. Ha aniq o'zgaribdi. Ungayam o'shani "kasali" yuqibdi." sekingina o'ziga o'zi pichirladi Bo'ri.

Ular bir haftacha yurib ketishdi. Ketishdiyu Bo'rining yuragini yana bir tepkilab ketishdi, baxtlarini ko'z ko'z qilib ezg'ilashdi. Bir yil yana vaqt chambaragida aylanib ketdi. Ayni kuz mahali. Bog'lardan meva hosili uzilgan. Suruv deyarli toqqa haydalmayapti, tog' cho'qqilari allaqachon qorli qalpoq ham kiygan. Endi to'ylar mavsumi to qish kirguncha. Lekin Ko'ksoyliklar uchun bu yil boshqacha yil har to'rt yilda bir hosil yig'ilgach katta hosil bayrami sayl qilinadi katta maydonda. Katta Ko'pkari uyushtirishadi. Huddi Navro'z bayrami qayta nishonlanadi. Tevarak boshqa qishloqlardan ham polvonlar, chavondozlar kelishadi.
Sovrinning eng kattasi shunda bo'ladi. Kimda kim olish (kurash) so'ngiga yetib katta tavoqni olsa nima niyati bo'lsa xalq shuni qilib beradi: birov moshina, birov yer, birov yangi solmoqchi bo'lgan uyiga yordam so'raydi... El bir siqimdan bersa to'ydiradi, bir mushtdan bersa o'ldiradi!
Bo'ri ham otasini yelkasida opichlab katta maydonga tushdi. Og'ilda boqayotgan toyi "Yashin" hali ko'pkariga yoshlik qiladi. Hozircha olish tushib turadi. Biror zot olsa har nima uyga yordam - qish kelyapti. Davraning birinchi qatoridan kattalar o'rin olgan, eng to'rda Raisbuva yonida qishloqni yoshi katta oqsoqollari.
- Tilov ukamam keptiku. - o'rnidan turdi Raisbuva. - kel ukajon.
Bag'riga bosib ko'rishdi, yuzlariga kulib boqdi. Bo'ri bilan ham shunday so'rashdi. "Yonimdan o'tir Tilovjon" o'z qabatidan surilib joy berdi. Bo'ri egnidagi choponni otasini tagiga solib avaylab o'tqazdi. Shu payt Raisbuvani narigi tomonida 2-3 kishi keyin yoshgina bolasini bag'rida op o'tirgan ko'zoynakli odamga ko'zi tushdi - o'sha edi u. Ha o'sha - Olimjon. Unga yana mazah qilgandek qarab turardi. Bo'rining tani qizidi lekin bergan va'dasi eslab o'zini bosdi "Hech nima qimayman bobo".
Davraga birin ketin polvonlar tusha boshladi. Har yerdan kelgan polvonlar. To'rvaga tosh tashlab qura qilindi. Juflikdan g'olibi keyingi qurada raqibini biladi. Bitta ozroq shafqatsiz qoida - bu yerda vazn degan narsa yo'q. Kimni bilagida kuchi bo'lsa o'rtaga tushsin. Bo'riga boshida ikki oson raqib tushdi. Siltab siltab
aylantirib ermak qilgan bo'ldi, ham qizishib mashq qilib oldi. "Yo pirim" deb ikkovini halol qilib yerga bosdi. Har yutganda Olimjonga qarab olar. U ham buni tanigan dami ichida jimgina pisib o'tirardi.
Keyingi raqibi ozroq o'zidan og'ir keldi, lekin homroq ekan. Oyoqlarini keng keng tashlab bir ikki davra aylantirdi charchab halloslagan bo'ldi. Uniyam belidan olib aylantirib otdi. Davrada qarsak yangradi. Tilov aka huddi o'zi yutgandek shod edi, mayib qo'llari bilan bir amallab chapak chaldi. Atrofga g'urur bilan boqdi "mana ko'ringlar meni ulim shu!"
Kun tushdan og'di. To'rtta polvon saralanib qoldi. Orasida eng yoshi Bo'ri, qolganlari katta davralarni ko'p yutgan polvonlar. Orasida Abdu degichi bor kuragi hali yer iskamagan!
Bo'riga shu Abdu raqib bo'ldi. Ukkag'ar mana buni polvon desa bo'ladi bo'yi Bo'ridan bir qarich baland, yelkalar tog'day, dev ko'rdim desa shu Abduni aytsa bo'ladi. Bakovul halol olishinglar deb oradan chiqdi. Hamma jim bo'lib kuzata boshladi. Abdu polvon har qo'l siltaganda Bo'rini uloqtirib tashlaydiganday bo'lar yoqalari ochilib mix qoqsa qayrilib ketadiganday chayir ko'ksi ko'rinib ketardi. Oxir Abdu niyatiga yetdim dediyu baribir Bo'ri bo'rilik qildi. Chaqqonlik bilan o'zini o'nglab halol bo'llishiga qo'ymadi. Bakavul "Yonbosh bo'ldi!" deb vaziyatni baholadi. Yerdan turar ekan Bo'rining ko'zi Olimjonga tushdi kibrli ko'zlar yonar edi "Xo'sh ahvoling qalay endi?" lablari ishshayib shunday deyayotgandek. Chidolmadi yuragi yondi yigitning otasiga qaradi otasi ko'zlarida iltijo ichidagi ma'no aniq "Ulim doim mard bo'lgin! Mard odam qoqilib yiqilsayam yana turadi, oxirida aniq murodiga yetadi"
Shart sapchib o'rnidan turdi. Endi raqibidan kam bo'lmagan vajohat bilan olisha ketdi. O'ziga uzatilgan qo'llardan qochib uning belidan mahkam tutdi. Chayir qo'llar belni omburdek qisdi. Hayqirgancha yelkasidan aylantirib orqasiga otdi o'zi ham ustidan bosib tushdi. "Halol! Halol bo'ldi, Tilov polvonning uli Bo'ri polvon utdi!" hamma baravar ofarin aytdi. Polvon eli mard keladi, Abdu polvon birinchi marta yerga yiqildi, yiqilsayam yomon yiqildi, lekin ori og'risayam Bo'riga tan berdi turib yelkasida ko'tarib davra aylantirdi. Mana haqiqiy yigit qanday bo'ladi deb qo'lidan ko'tarib yana qutladi.
Oxirgi davra bo'ldi bu safar Bo'ri "niyatim"ga bir qadam qoldi endi o'ljani berish yo'q deb juda tez harakat qildi. Oldida turgan polvon nima bo'lyotganiniyam anglamadi chog'i gursillab quladi qo'ydi. Hamma hayratga tushdi - bu Bo'ri tog'i toshda harsang qo'porib yurganmi shuncha azamat polvonni belini qayirdiya. Bakavul o'rtaga chiqdi "Yasha ulim, ayt endi tilagingni!"
- Hammaning oldida...- jim bo'lib qoldi Bo'ri.
- Ayt bolam aytaver tilagingni. - Raisbuva gapirdi.
- Hammaning oldida shu Raisbuvamizdan uch yil oldingi lafzlari eslaridami yo'qmi so'ramoqchi edim!
Hamma yana hayratga tushdi, Raisbuva nima va'da qilgan ekan bu yigitga.
- Esimda bolam. Esimda. - tasdiqladi jilmayib Ashur bobo.
- Unda qizingiz Oyjamolni menga xotinlikka bering. - Raisbuvaga emas Olimjonga qarab aytdi hammasini. Shumshayib o'tirgan Olimga.
O'rnidan bir qalqqan Raisbuva hech nima deyolmay qoldi. Ko'zining oqu qorasiday ko'radigan endi bu yil maktabni tamomlagan kenja qizini shu podachiga bersinmi. Lekin ichini yana bir nima kemirdi lafz qilgandiku, lafz!
- Raisbuvajon, bu yigit tanti ekan. Kuyoving bo'lsa shunday bo'lsada. Bering qizingizni shu polvonga. - oraga tushdi qo'shni savxozning raisi Mavlon aka.
- Raisbuva, qizingiz mahriga nima so'rasangiz mana biz polvonlar ko'taramiz. - davrani gulduratib Abdu polvon gapirdi. - Jigitning so'zi qaytguncha ho'kizni shoxi qayrilsin ekan! Men shu Bo'rivoyga og'a bo'laman endi, hamma guvoh qiyomatgacha meni inim shu Bo'ri polvon.
Uzoq sukut saqlab turgan Raisbuva sokingina gapga kirdi:
- Mayli...

Davra shod hurramlikda tarqadi. Otasini yelkalab ketayotgan Bo'rining yo'lini bir sharpa to'sdi - soyasidan tanidi Abdu og'asi.
- Inim katta joyga quda bo'lyapsan, monovu kam bo'lsayam polvon akanglardan. - ichi nimagadir to'ldirilgan qiyiqni uzatdi.
Bo'ri olishni ham olmaslikni ham bilmay qoldi.
- Ol ukam, ol buni. - Abdu polvon majburlab bo'lsada qo'lidagini Bo'rining yaktagi ichiga tiqdi. - Ertaga hashar qip boramiz uyingga. To'ygacha sozlab qo'yamiz hammasini.
Ertasiga rostdan katta kichik bir guruh polvon Tilov akaning uyiga keldi. Bari bir ikki jonliq yetaklagan. Kimdir qo'chqor, kimdir semiz uloq sarkalar. Qo'ra to'ldi. Bo'ri o'zi boqib qo'ygan shirbozlardan birini so'yib akalariga qovurdoq qildi. Shu kun uyning hamma kam ko'stini bitirib ketdi polvonlar. Ko'chgan yerlarni suvoqlab, uy ichlarini boshqatdan ohaklab.

Oradan hafta o'tib Karim tog'a yana butun qishloqni bir "bezovta" qildi: "Hay hamqishloqlar, ertaga katta to'y Tilov polvonning (!) uli Bo'ri polvon uylanyapti! Hamma kesin polvonnikiga"

Kunduz rosa bazm bo'ldi, kurash ko'pkari... Kechqurun yor yor bo'lib kelin kuyov chimildiqqa kirib to'y tarqadi.
Ichida ming hayajon bilan Bo'ri ichkari kirdi. Yangalar har xil udumlarni qildi keyin chiqib ketishdi.
Yonma yon o'tirishar ekan Bo'ri sekin Oyjamolga qaradi, yuzidagi fatani ochmoq uchun yaqin bordi. Qiz o'zini olib qochdi. Nozik qo'llari bilan yigitdan himoyalanmoqchi bo'ldi. Bo'ri indamay qarab turdi.
- Meni noshud dema... Akangga o'xshab o'zimniki qimayman har kimni. - shularni aytdida shiftga qarab yotib oldi.
Kelinning yelkalari bir bir silkinib piqqiladi.
- Meni nima aybim bor edi akamda qasdiz bo'lsa. - uzuq uzuq hiqqilab javob berdi qiz.
Yig'layapti ichida o'yladi Bo'ri. Endi O'zini aybladi qayerdan bu ishni qildi, nega qildi, nima uchun. Rostdan bu norasida qizda nima ayb? Boshi aylanib ketdi.
- xohlasang ketaver. Birov seni ushlab turgani yo'q! - shu gaplarni aytdiyu tilini tishladi.
- Undan ko'ra meni o'ldiring. To'yni o'zida uyimga qaytsam...
- Bilganingni qil. - ko'zlarini yumib endi charchoqni sezdi o'zida Bo'ri.
Jimgina yonboshlab orom ola boshladi. Yarim soatcha hech qanday harakat bo'lmaganini sezgan Oyjamol ohista yuzidan to'rni oldi, shishgan qovoqlaridagi yoshlarni artdi. Endi erim deydigan kimsani kuzatdi. Hamma polvon polvon yana podachi deganiga bir soch soqoli o'siq devday beo'xshov odam bo'sa kerak deb o'ylagandi. Bir qishloqda turishsayam juda kichkinalik paytlari uylariga bir ikki kelganda uchratgan. Ha o'sha bola. Eslagan bo'ldi Oyjamol. Uxlayaptiku baribir sezmaydi deb iymanib yorining yuziga termuldi. Qoshlari bilan lablari qalin ekan. Do'rdoq bo'lsayam o'ziga yarashgan. Bekorga Mukar yangasi shu yigitni sevmagan ekanda. Ichidan o'tganlardan uyalib yuzi qizardi. Asta taxmondan ko'rpa olib Bo'rining ustini yopdi. O'zi bir burchakka o'tib devorga suyanib mizg'idi. Erta turishni odat qilgan Bo'ri sahar quyosh otmasdan uyg'ondi. Ozgina yotdi. Keyin o'rnidan turib atrofga razm soldi. Xonada bir o'zi. Rostdan ketgan bo'lsaya ichi zil ketdi. Oqshom o'zini uxlaganga solib u ham Oyjamolni kuzatgandi. Ustiga engashib ko'rpa yopayotganda bildirmasdan yuzini ko'rgan, rostdan jamoli
oy ekan degan o'y o'tgandi ichidan.
Kuyovlik sarpolarini yechib kunlik kiyimini kiydi. Tashqariladi.
Havo salqin, ship ship qilib kimdir supuryapti hovlini. Enasi erta tursayam ko'pincha avval mol holga qarab, sutni osgach keyin supuradi. Qo'lida supurgi bilan hovlini ozoda qilayotgan Oyjamol ekan. Bo'rini payqab supurgini yerga qo'ydi, bukilib ta'zim qilib salom berdi. Yangi Kuyovni yuragi g'alati bo'p ketdi. Sekingin "Vaaleykum" dedi eshitilar eshitilmas. Uyoq buyoqni aylanib keldi. Qo'raga qaradi: mol holga qaralgan, buzoqlar yechilgan demak sut ham sog'ilgan. Ortiga qaytganda qo'lida obdasta va sochiq bilan kelin qarshi oldi. Bo'rining hayolida Raisbuvani erka qizi bir tannoz bo'lsa kerak, bahona bilan uyiga haydab ermak qilamoqchi - Shu bilan qasdini olmoqchi edi... Bunaqa iltifotlarni kutmagandi, jimgina iliq suvda yuvundi, yangi yumshoq sochiqqa yuzini artdi. Oilaviy o'tirib choy ichishdi, otasi va enasi shod shunday kelinni bo'lishdi. Nonushtadan keyin Bo'ri ishga boraman dedi, enasi yo'lini to'sdi "Esi yo'q bolam, endi chilladasizlar. Ko'cha kuyga chiqmaysan." Kunlar shu zayil o'tdi, tunlar ham birinchi kechadagiday. Qor tushdi, atrof kumushga burkanib chiqdi bir kecha kunduzda. Tizzadan keladigan qor. Yana erta uyg'ongan Mardon xonada o'zi edi. Ozroq yotdi. Keyin soatga qaradi hali endi 4. Buncha vaqtli turmasa Oyjamol. Qayerga chiqibdi shu mahalda. Sekin dahlizga chiqdiyu ostonada turib qoldi - unga yonbosh turgan Oyjamol joynamoz ustida ibodat qilardi. Ozroq kuzatib turdida yana joyiga qaytib kirdi. Bunaqa odati borligini endi sezibdi. Kunduzlari faqat ovqat mahal ko'radi uni, uloq chopaman deb boqayotgan toyi bilan o'zini chalg'itib yuradi. Bir ozdan keyin Oyjamol ham xonaga kirib yoqimli ovozida salom berib xona burchagidagi o'zini joyiga kirdi.
- Oyjamol. - ikkisi ham uxlamasdan shiftga termulib yotishardi.
- Hoo Bo'ri aka...
- Bomdodni shunday erta o'qiydimi?
- Yo'q bomdod keyinroq, bunisi nafl... Nima bilmaysizmi?
- Yo'q, hali vaqti kemadi shekilli.
- Qachon keladi? - Bo'riga qarab yonboshlab yotib oldi qiz. Nigohlarini uzmay qarab turardi. - Otajonim bilan Oyijonim o'qirkanlarku. Siz nega o'rganmagansiz?
Bo'rining yuragi g'alati bo'p ketdi ota enasini boshqa kishi jon deb suyyapti. U ham qizga qarab yotib oldi.
- Men shunaqamanda...
- Qanaqa? - yana savol berdi qiz.
- O'zimam bilmayman! - ko'zlarini yumdi Bo'ri.
Tunda bo'lgan voqeadan Bo'ri rosa uyaldi. Nima bo'lsayam o'rganib qo'ysa bo'larkan. Mayib holida otasi yotib o'qirdi nomozni. Oldiga kirib o'tirdi. U ham o'rgana boshladi ibodatni.
Yana oradan kunlar o'tdi, yangi yilga qadam qo'yishdi. Bo'rining enasi kelinini ko'p kuzatadigan bo'ldi, to'yga ikki oy bo'lyapti hech o'zgarish bo'lmaydi. Tog'da qor zo'r yog'di. Kunda ikki mahal suruvni oyog'ini yozgani qo'radan chiqarib qamashadi. Yem hashakni solishib shu bilan ish tugaydi. Qish kuni qisqa tunlari uzun. Shu uzun tunlarda Bo'ri ham Oyjamol ham yolg'iz yotishadi. Bir xonada yonma yon lekin yolg'iz. Ko'pincha Bo'ri qizga qarab yotadi, ichida bo'ldi vaqti keldi degan ovoz yangraydi qo'l uzatsa bo'ldi oralarida bir necha qadam keyin nimadir jur'atini qaytaradi. Qiz ko'pincha "eri"ning qarashlaridan ko'rpa ostida berkinadi....
Qo'tondan qaytgan Bo'ri otini yetaklab oldi, muz tayg'aloqda toyib bir narsa bo'lmasinda dedi. Tepadan sekin sekin yetaklashib toshyo'lga tushib oldi. Mana buyog'iga uyga bir qadam. Otga minib atrofni kuzatib bordi. Hamma yoq qor, qalin qor. Erib ukgurmasdan ustiga yog'yapti. Nigohi yo'lda to'xtab turgan mashinaga tushdi. Ikki kishi atrofida turar, biri bor kuchi bilan mashinani itarishga urinar ikkinchisi bag'riga bir narsani bosgancha jimgina kuzatib turardi. Ular ham Bo'rini payqashdi. Mashina surmoqchi surmoqchi bo'lyotgan kishi unga qarab qo'l silkitib kela boshladi:
- Aka yordam qiling, mashinam muzga tiqilib qoldi.
Yana o'sha Olimjon. Bo'ri kulib qo'ydi. Olimjon ham tanidi uni. Osmondan enayotgan oyndin yorug'da ko'zlar to'qnashdi. Iltimos qilib tinmay yolvorgan Olim indolmay qoldi. Bo'ri otidan tushib mashina yoniga bordi. Sovuqdan qaltirab turgan Mukarram bolasini mahkam quchib turardi.
Mashina muzda toyib qalingina qor uyimiga tiqilib qolgan. Keyin ayozda muzlab chip yopishishga ham ulguribdi.
- Men chayqatib itaraman. Siz gaz berib rulni buring. Yonyaptimi o'zi?
Kalitni buragan Olimjon, yo'q deya boshini chayqadi. "Yana jadal chorak kam soat piyoda yurilsa qishloqqa yetib olishadi.
- Mashinani qulflang, qalinroq kiyinib olinglar. Yayov ketamiz.
Er xotin mashidan hech narsa olmay qulflab yopishdi. "O'zi muzlab turishibdi. Yana egnilarida yupun palto xalos..." Bo'ri egnidan qalin po'stin va chakmonni yechib ularga tutqazdi.
- Bola sovuq qotmasin.
- O'zingchi?
- Men o'rganib ketganman.
Mukar va bolasini otga mingashtirib o'zlari piyoda yo'lga tushishdi... Bo'ri chamalagan vaqtda Raisnikiga kirib borishdi. Darvozadan kiritib yuborarkan ekan Bo'ri Olimjonga qaramay kiyimlarini kiyib otini qayta o'ngladi.
- Bo'rivoy, rahmat sizga... - Olimjon birinchi marta uni sizladi. Ovozida avvalgi manmanlik emas iltijo bor edi.
- Oilangizni ehtiyot qiling "qaynog'ajon".
Uyiga yetib kelgan Bo'ru o'zini lohas sezdi, issig'i chiqdi, ishtahasi bo'madi. Enasi giyoh choy qilib ichirdi. Ko'rpaga o'ranib terlab yondi. Keyin ko'zi ilina boshladi. Oyjamol isiriq tutatib xonani aylangani esida. Ko'z ochganda xona qop qorong'i, cho'yan pechkaning chirsillab yonib turishi eshitilardi. O'rnidan turdi, o'zini majolsiz sezdiyu lekin endi boshi og'rimasdi. Egnidagi ter kiyimlari almashibdi... Lekin Oyjamol yo'q. Qayerda deb daxlizga chiqmoqchi bo'ldi. Gandiraklab devor bo'ylab eshik yoniga keldi. Qiya ochiq eshikdan qizing pichirlab aytayotgan duosi eshitilib turardi "begimni o'zingni asra, ota onamiz baxtiga sog' salomat qilgin. Suyanchig'imizni asra Ollohim..." Bo'rining yuragi qandaydir hislardan erib ketdi. Sekingina joyiga borib o'tirdi. Oyjamol ham qaytib kirdi xonaga.
- Uyg'ondizmi? Issig'iz tushibdi shekilli? - nozik qo'llari bilan yigitning peshonasini siladi. - Biror nima yeysizmi? Hech nima totmadiz kechqurun.
Bo'rining javobini ham kutmay tashqariga chiqib ketdi, ozroqdan keyin qo'lida dasturxon va bir kosa sut ko'tarib keldi.
- Ichib oling kuch bo'ladi...
Bo'ri 3-4 kunda o'ziga kelib avvalgidek bo'lib ketdi. Bir kecha Oyjamolga qarab:
- Yonma yon joy sol. - dedi.
- Mana yonizda yotibmanku. - qiz yana avvalgidek oralarida masofa qilib joy soldi.
Polvon shart o'zini joyini Oyjamolni yoniga tortib yotib oldi.
- Endi yaxshi! - dadillik bilan qizga qarab yonboshlab yotishdi.
- ... - qiz indamay qarab turdida ko'rpani ichiga berkindi.
Bo'ri yanayam yaqin surildi...
Bu kecha ularning haqiqiy baxt kechalari ostonasi bo'ldi.

Tabiatda yana o'zgarishlar boshlandi, quyosh nuri tafti oshdi. Daraxtlar uyg'onib ko'klam kelganini darak berib gulga burkandi. Enaning kutgan o'zgarishlari kelinida paydo bo'ldi Oyjamolning oy yuzida oz moz dog'lar bo'y berdi. To'ylariga bir yil to'lish arafasi ayni hosil mahal
Bo'ri polvonning bir o'g'il bir qizi bo'ldi. Hammadan baxtli odam bo'ldi
Bo'ri polvonning bir o'g'il bir qizi bo'ldi. Hammadan baxtli odam bo'ldi Bo'ri polvon, hammasiga shukrona aytdi. Yori va farzandlarini bag'riga bosganda bir safargidek ko'nglida hech qanday g'uborni sezmasdan yayradi.

Yana kunlar, oylar, yillar o'tdi.

O'sha tanish tog'larni endi bolalariga tanishtirish uchun otiga mingashtirib adir kezib yurgan Bo'ri polvon qo'lidagi poda tayoq bilan joy nomlarini aytib bolalariga ko'rsatib borardi. Suruvni tanish kamarga qamab o'zi yotadigan harsangga bolalari bilan o'tirdi. O'g'lining egnida yaktak chopon oyog'ida etikcha, qizi esa onasi tikkan qizil jiyakli ko'ylak yosh bo'lsayam uzun sochlariga po'pak boylangan. Ikkovini boshini silab kamar chetidan ko'rinib turgan moviy osmonga qarab qo'ydi. Hali hali o'shanday tiniq osmon.
Quyoshga qarab peshin nomoz vaqti bo'lganini sezib chekkaroqqa o'tib ibodat qildi. Qaytganda ikki kichkintoy allaqachon o'zlaricha sho'xlik qilishardi: o'sha sardor qari takani o'rtaga olib goh yungidan goh shoxidan tortib ko'rishardi. Jonivor ham indamas yerda yotgan yerida tebranib ko'zlarini yumib mulgurdi.
- Ota ota. - ikkisi birdan gapirdi.
Bo'ri polvon "Nima deysizlar?" degandek nigoh tashladi.
- Assalomu aleykum. - onalari tayinlagandek salom berishdi...
Категория: Boshqalar | Добавил: Admin (16.02.2018)
Просмотров: 1671 | Теги: Ismi nomi yo'q lekn ajoyib hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
ПОИСК
РЕКЛАМА